Ummon va boshqalar ijod qilmaydimi?

Nahot bu so'nggi manzil bo'lsa...

 O'zbeknavo estrada birlashmasi rasmiy (uzbeknavo.uz) saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra bir qator estradamiz vakillarining litsenziyalari tugatilganligi ma'lum qilindi. Joriy yilning 18-iyun kuni birlashmaning MR-11/1-son buyrug'iga asosan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Dilfuza Ismoilova, Nihol mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo'jayev, xonanda Dilshod Rahmonov, Ummon va Mango guruhlari xonandalarining litsenziyalari amal qilish muddati tugatildi. Bundan tashqari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon Mo'minov, Alisher Turdiyev, Ravshan komilov, Toir Qo'ziyev, Nihol mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva va xonanda Farhod Saidov qattiq ogoxlantirildilar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun ularga 1-iyulga qadar muddat berildi. Yuqoridagi ma'lumotga tayanadigan bo'lsak, endilikda yoshlarimizning sevimli guruhlaridan Ummon hamda Mango guruhlari ijodi litsenziya masalasi hal etilguniga qadar tv ekranlari hamda radio efirlarida taqdim etilmaydi. Bundan tashqari litsenziyasi mavjud bo'lmagan ijodkorlar konsert dasturlarida ham qatnashish xuquqidan maxrumlar. Kim biladi deysiz, balki bu ijodkorlar uchun shou-biznes olamida boshqa joy yo'qdir. Balki vaqt o'tib ijodkorlar yana o'zlarini namoyon etadilar hamda o'z litsenziyalarini qaytib olishar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. Muxlislardan esa sevimli ijodkorlarini qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini so'rashimiz mumkin holos. 



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Alisher Fayz, Mango, UmmoN, Farhod Saidov, Izzat IBragimov, Otabek Mutalxojayev
Просмотров: 5763 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz