Bolalar uchun xavfli bo‘lgan 5 narsa


Oilada kichkintoy paydo bo‘lgach onalar xonadagi rozetkani, shisha va tig‘li buyumlarni ko‘zdan nari qilib, berkitishadi. Ammo bolaning sog‘ligiga xavf soluvchi bundan boshqa buyumlar ham borligini ular unutib qo‘yishadi. Quyida nomlari keltirilgan buyumlar hamma xonadonda mavjud, ular tufayli bolalar ko‘p hollarda shifoxonaga tushib qolishadi. 
Maishiy kimyo
Agar idish yuvuvchi vositani yuqori tokchaga yoki shkaf ichiga yashirgan bo‘lsangiz, bu bola uni topolmaydi degani emas. Kimyoviy vosita bolaning qo‘liga tushib qolsa, uning terisiga, ko‘ziga yomon ta’sir qilishi, agar ichib qo‘ysa, zaharlanishi ham mumkin. Uni yaxshisi, qulflash mumkin bo‘lgan joyda saqlang.
Yoshiga mos bo‘lmagan o‘yinchoqlar va sport inventarlari
Agar uyda kichkina bolangizdan tashqari to‘ng‘ich farzandingiz bo‘lsa, mayda detallardan iborat bo‘lgan pazzllar, konstruktorlik o‘yinchoqlari kichkintoy uchun xavf tug‘diradi. Kichkintoyni bunday o‘yinchoqlardan asrash mushkul ish. Ularning safiga velosiped, gantel va boshqa sport anjomlarini ham qo‘shish mumkin.
Ayollar sumkasi
Ishdan qaytishingiz bilan sumkangizni stulga yoki polga tashlaysiz. Sumka ichidagi pardoz buyumlaringiz ham bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Qo‘l uchun sprey-dezinfektor, manikyur qaychisi, tirnoqlar uchun egovcha, hattoki oddiygina pomada ham bolaning qo‘liga tushib qolsa, yomon oqibatlarga olib keladi.
Tuvakdagi o‘simliklar
Bola tuvakdagi tuproqni polga sochishidan tashqari, o‘simlik barglarini og‘ziga soladigan bo‘lsa, bundan kuchli zaharlanishi mumkin. Chunki ko‘p hollarda uyda o‘stiriladigan o‘simliklar bargi zaharli bo‘ladi.
Uy hayvonlarining yeguliklari
Itlar uchun mo‘ljallangan ovqat ko‘p hollarda ochiq idishda, yerda turadi. Bolaning uni og‘ziga solib, ta’mini totib ko‘rishi ham zaharlanishga olib keladi.
Har yili minglab bolalar uyda olingan tan jarohatlar va zaharlanishlar bilan shifoxonaga tushadilar. Bunday holatning oldini olish uchun iloji boricha bolani uyda yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qiling. 
Yaxshisi, uyga bolaning ko‘zi bilan nazar tashlang, sizni nima qiziqtirgan bo‘lsa, shu buyumni ko‘zdan yashiring.


Категория: BILASIZMI? | Теги: bolalar, xavfli
Просмотров: 1699 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz