Buxoroda itni yeyish uchun o‘ldirib, boshini bolalar bog‘chasiga tashlab ketgan shaxsga chora ko‘rildi


 
Buxoroda itning boshini uzib, so‘ngra bolalar bog‘chasi hududidagi ariqqa tashlab ketgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati.“Buxoroda kechqurun itni o‘zi bilan olib ketib, butalar orasiga sudrab kirib, boshini kesib, so‘ng bolalar bog‘chasi hududidagi sug‘orish ariqchasiga tashlab ketgan shaxs ustidan sud o‘tkazildi. Gumon qilinuvchining kvartirasida hayvon jasadi va qon izi bor pichoqni topgan guvohlar zudlik bilan militsiya va ko‘ngillilarni chaqirgan. Gumonlanuvchi militsiya bo‘limiga olib ketildi”, – deyiladi xabarda.

“Mehr va oqibat” jamiyatidan izoh olgach, ma’muriy ish sudga oshirilgan. Sud jarayonida ayblanuvchi mast bo‘lganligini aytib, qilmishi uchun tavba qilgan. Erkak endi itlarni go‘shtini yeyish uchun o‘ldirmaslikka va’da bergan.

Sudya huquqbuzarni BHMning ikki baravari miqdorida jarimaga hukm qildi va shuningdek, yana shunday huquqbuzarlikni sodir etsa unga nisbatan BHMning 5 baravari miqdorida jarima solinishi yoki 15 sutkaga hibsga olinishi haqida ogohlantirdi.

Bundan avval Senat O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashni ma’qullagani, Angrenda itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan uysiz hayvonlarni ushlash xizmati xodimlari jazolangani hamda Toshkentda mushukni polietilen paketga solib, chiqindiga tashlagan erkakka nisbatan chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ko‘rildi, bolalar, tashlab, It, bog‘cha, Buxoro, o‘ldirib, Boshini, chora, shaxs
Просмотров: 1084 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz