“Chelsi”ni Antonio Konte boshqarishi mumkin


Angliyaning “Chelsi” futbol klubi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan jiddiy kelishuvga erishdi. Bu haqda “Goal.com” sayti xabar berdi.

46 yoshli mutaxassisning Italiya milliy terma jamoasi bilan shartnomasi shu yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionati o‘tgandan so‘ng yakuniga yetadi. Shundan so‘ng, Konte "Chelsi" bilan shartnomaga imzo chekadi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Joze Mourinoning iste’fosidan so‘ng London klubining bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha boshqarib turish gollandiyalik murabbiy Gus Xiddinkka topshirilgan edi.

Konte Italiya termasini boshqarishdan oldin, uch yil davomida Turinning "Yuventus" klubini boshqargan. U turinliklar bilan uch marta Italiya chempioni bo‘lgan va ikki marta mamlakat superkubogini yutgan.

“Chelsi” klubi ayni damda Angliya chempionatida 26 ta o‘yindan keyin 33 ochko bilan turnir jadvalining 12 pog‘onasida bormoqda.
Ruslan Sulaymonov
 


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Antonio Konte, Chelsi
Просмотров: 840 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz