Joze Mourino: "Chelsi"ni bunday ahvolda ko‘rish qayg‘uli


"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati doirasida "Lester"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin (1:2) jurnalistlar bilan gaplashdi.
Portugaliyalik mutaxassis o‘z shogirdari "Lester"ga qarshi o‘yinda ancha vaqtgacha maydonda sust harakat qilishgani va maydondagi to‘p nazoratini raqibga topshirib qo‘yishganini tan olgan.
"Biz 90 daqiqalik o‘yinning 20-25 daqiqasidagina raqibdan yaxshiroq o‘ynay oldik. Eng ko‘pi bilan yarim soat. "Lester" esa bir soat davomida bizdan ustunligini namoyish etdi.
Yuqori saviyadagi futbolchilar deb hisoblanadigan ba’zi futbolchilarning bu ahvolga tushganini ko‘rish ayanchli. Bu mavsum biz uchun ba’zi sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatsiz kechmoqda.
Buning uchun aybdorlik barchaga birdek tegishli emas.
Men mashg‘ulotlar vaqtida futbolchilar bilan kelishmovchiliklarga duch kelmayman. Ular mashg‘ulot vaqtida yaxshi harakat qilishadi.
Ammo ular maydonga tushgach, ularning o‘yin davomidagi harakatlarini tomosha qilish ayanchli", - deydi murabbiy.


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Chelsi
Просмотров: 1004 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz