DAISh asirga olgan 55 kishi ozod etildi


Iroq xavfsizlik kuchlari DAISh jangarilari tomonidan asirga olingan 55 kishini qutqardi.  Terroristlar ulardan Ar-Ramadi g‘arbida tirik qalqon sifatida foydalangan. Bu haqda Iraqi Media News Agency’ga  asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asirdan ozod etilganlarning 10 nafarini erkaklar,  25 nafarini ayollar va 20 nafarini bolalar tashkil etadi.

DAISh jangarilari asirga olgan odamlarni Al-Asriya va Zankura tumanlarida himoya qalqoni sifatida ushlab turilgan. Terroristlar changalidan qutqarib olingan kishilar xavfsiz hududlarga keltirilgan.

Iroq armiyasi havo kuchlari va AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya aviatsiyasi  yordamida Anbar viloyatida jangarilarga qarshi faol kurash olib bormoqdalar.
Anbar viloyatining markazi - Ar-Ramadi shahrining katta qismi ustidan nazorat 2015 yilning dekabr oyida o‘rnatildi.

Hozirda DAIShning Iroqda olib borayotgan faoliyati tufayli mamlakatda keskinlik saqlanib turibdi.
 
Bugungi kunda  DAISh dunyo xavfsizligiga soya solayotgan eng katta tahdid hisoblanadi.  Mazkur terrorchi guruh Iroq va Suriya hududlarida faoliyat olib borib,  millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda.
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: DAISh
Просмотров: 1342 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:50
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz