Yana o‘sha DAISh! Bu safar ular Mosulda 4000 kishini qatl qilishdi


DAISh terrorsitik guruhining razil va manfur ishlari haqida saytimiz orqali avval ham ma’lumot bergan edik. Afsuski, ushbu guruh bilan dunyoning ko‘plab kuchli davlatlari kurash olib borayotganiga qaramay, ular tinch aholi vakillarini qiynoqqa solish va qatl qilishda davom etmoqda.

Bugun, 22 fevral kuni DAISh jangarilari Mosul shahridagi 4000 kishini shafqatsizlarcha qatl etdi, deb yozadi “Ren.tv” nashri. Ushbu ma’lumotni Iroq shahridagi “Islohotlar birlashmasi” yirik siyosiy partiyasi yetakchisi Usama an-Najifi “Al-Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Ta’kidlash o‘rinliki, Mosul Iroqdagi yirik ikki shaharning biridir. Unda yarim milliondan ziyod inson istiqomat qiladi. Bu shahar ayni damda DAIShning Iroqdagi “poytaxti”ga aylangan. Shaharda iroqlik fuqarolar ustidan cheksiz zulm va xunrezliklar amalga oshirilmoqda. DAISh jangarilarining odamlar boshiga solayotganlarini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli.

“DAISh jangarilari Mosulda 4000 kishini juda qattiq qiynoqqa solib, otib o‘ldirishdi. Iroq fuqarolari yordamga barchani chaqirmoqda. Ular juda qiyin ahvolda”, – deydi siyosatchi Usama an-Najifi.
Umida Yakubova


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: qatil etildi, DAISh, 4000 kishi
Просмотров: 1646 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz