Eron raketalarning yangi yerosti bazasini namoyish qildi


Eron hukumati raketalar o‘rnatilgan navbatdagi yerosti bazasi fotosuratlarini namoyish etdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar tarqatgan.
Bu baza Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bazasida joylashgan.
Suratlar orqali ob’ektga Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, suratlarda uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan Emad ballistik raketalarini ko‘rish mumkin. Raketa 2015 yilning oktyabrida muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilgandi. Agentlikning ma’lum qilishicha, bu ballistik raketa nishonga borib yetgunicha operatorlar nazoratida bo‘luvchi yangi avlod raketasi hisoblanadi.
Eron ilk marta 2015 yilning oktyabrida 500 m chuqurlikdagi yer osti raketa bazasini namoyish qilgandi.
Eron AQShning ehtimoliy sanksiyalariga javoban 5000 km dan uzoqroqqa uchadigan raketa yaratadi!


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: raketalar, Eron, Eron raketalar
Просмотров: 1175 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz