Eron va Xitoy strategik sheriklarga aylandi Mp3lar.Com


Eron va Xitoy ikki tomonlama aloqalarini keng qamrovli strategik sheriklik darajasigacha olib chiqishga kelishib oldi. Bu haqda Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy va Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpin bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda. Ularning ta’kidlashicha, ikkala davlat ikki tomonlama munosabatlarning “yangi bosqichi”ga o‘tmoqda.

XXR raisi Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng, u yerga tashrif buyurgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.“Eron va Xitoy mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmini o‘n yil ichida 600 milliard dollargacha oshirishga kelishib oldi”, — dedi Ruhoniy Si Szinpin bilan matbuot anjumanida.Eslatib o‘tamiz, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eron o‘z yadro dasturining muzlatilishini nazarda tutuvchi bitimning barcha shartlarini bajargani haqidagi ma’ruzani taqdim etgach, 16-yanvar kuni Eronga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Xitoy, Eron
Просмотров: 1227 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz