Google rasman Alphabet’ning mulkiga aylandi


Google rasman Alphabet xolding kompaniyasining bir qismiga aylandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Endi korporatsiya avgust oyida tashkil etilgan yangi xolding — Alphabet’ning yuz foizlik “sho‘basi”ga aylandi. Katta ehtimol bilan, foydalanuvchilar mazkur o‘zgarishlarni amalda sezmaydi.
5-oktabrdan yuqori texnologik NASDAQ birjasida Google aksiyalari o‘rnini Alphabet qimmatbaho qog‘ozlari egallaydi. Ayni vaqtda avvalgi tikkerlar — GOOG va Googl o‘zgarmay qoladi.
Google xolding kompaniyasining eng yirik segmenti bo‘ladi — mazkur segmentdan YouTube videoxostingi, Android operatsion tizimi, shuningdek, reklama va mobil ilovalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar joy oladi.
Alphabet’ning sayti abc.xyz manzilida joylashgan bo‘lib, xoldingga Larri Peyj rahbarlik qiladi, Sergey Brin esa xolding kompaniya prezidenti lavozimini egallaydi, Google’ga esa Sundar Pichai bosh qilib tayinlangan.


Категория: INTERNET TARMOG'I | Теги: Google
Просмотров: 931 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz