Gyundogan “Barselona”bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin


Gyundogan “Barselona”bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin

Ispaniyaning “Barselona” klubi yangi futbolchisi Ilkay Gyundoganni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Gyundogan Ispaniyada yangi liga mavsumi boshlanganidan keyin vaziyat o‘zgarmasa, Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Qayd etilishicha, vinger Usmon Dembelening PSJga o‘tishi vaziyatni yaxshilash ehtimoli bor. 32 yoshli Gyundogan 2016 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelayotgandi va jamoa bilan 14 ta sovrin, jumladan, 5 ta APL va bitta Yevropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan. 2022-2023 yilgi mavsumda Gyundogan “Manchester Siti” safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsum yakunida u “shaharliklar” bilan treblga erishdi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: mumkin, “Barselona”bilan, bekor, qilishi, Gyundogan, shartnomasini
Просмотров: 114 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz