Manba: Braziliya terma jamoasi aʼzolarida virusli kasallik tarqalgan boʻlishi mumkin

Braziliya terma jamoasining lagerida virusli kasallik tarqaldi degan gumon bor edi, deb xabar beradi Goal.

Manbaga koʻra, Entoni, Lukas Paqueta va Alisson soʻnggi kunlarda gripp belgilari tufayli baʼzi mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborishgan.

Manba shuningdek, JCh-2022 2-turida jamoadagilar Shveysariyaga qarshi oʻynashga tayyor ekanligini, biroq bosh murabbiy Tite hali oʻyin uchun tarkibni aniqlamagani haqida maʼlum qilgan.

Jarohatlari tufayli Neymar va Danilo oʻz jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib oʻtish mumkin, Braziliya guruh bosqichining 2-turida Shveysariya bilan toʻqnash keladi. Uchrashuv bugun, 28-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Dastlabki oʻyinda Braziliya Serbiyani 2:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, Shveysariya Kamerunni minimal 1:0 hisobda magʻlub etdi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: kasallik, Manba, Braziliya, virusli, mumkin, termA, boʻlishi, aʼzolarida, tarqalgan, Jamoasi
Просмотров: 166 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:45
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz