Instagramda nima gap?

Ma’lumki, biz  instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eng sara xabarlarni saytimiz orqali taqdim etib kelmoqdamiz. Instagram ijtimoiy tarmog‘i bugun har bir soha vakilining ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Eng katta yangilik va reklama maydoni desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  San’at olami vakillari bilan muxlislarni bog‘laydigan eng qisqa ko‘prikka aylangan instagram olamida shu kecha – kunduzda nima gap, birgalikda kuzatamiz!

Munisa Rizayeva navbatdagi albomini yozmoqda Shou-biznes olamining shaddod xonandasi Munisa Rizayeva yangi albom ustida ovoz yozish ishlarini boshlaganligi haqida o‘zining instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Tez kunda “Manbop” taronasi uchun ishlangan videoklipini taqdim etish arafasida bo‘lgan xonandaga omad tilab qolamiz.

Shohruhxon yangi albomining ilk qo‘shig‘i nomini oshkor etdi Estradamizining yoqimtoy xonandalaridan biri Shohruhxon yangi albom yozish bo‘yicha tayyorganlik olib borayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Kuni kecha u instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali mazkur abomni yozish ishlarini boshlab yuborganligi va undan joy oladigan ilk qo‘shiqni nomini oshkor etdi. “Aziz do‘stlar. Biz ijodiy guruhimiz bilan yangi albom ishlarini boshlab yubordik. Albomdan ilk qo‘shig‘imizni yaqin kunlarda sizlarga taqdim etamiz. Qo‘shiq nomi “Go‘zalina – Malikam”” – deya izoh qoldirdi Shohruhxon instagram tarmog‘iga joylagan fotosuratida.

Ummon guruhidan "soat 7da" Ummon guruhi vakillari yaqin kunlarda yangi qo‘shiq taqdim etishni rejalashtirganini ma’lum qildi. “Soat 7da” deb nomlangan mazkur kompozisiya hali chiqib ulgurmasidanoq nomi bilan barchani e’tiborini tortgan. Demak, tez kunda sevimli guruhingizdan yangi taronani kutib qoling.


Instagram olamida ana shunaqa gaplar! Kuzatishda davom eting.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: instagram, nima gap
Просмотров: 4238 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz