iPhone 7 ning ilk fotosuratlari chop etildi


Fransiyaning NowhereElse portalida iPhone 7 fotosuratining e’lon qilinishi yangi smartfonga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirib yubordi. “Hi-Tech Mail.ru” gadjetning o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi.
Yangi modeldagi smartfonning yuqori qismida antenna signalini qabul qilish uchun qo‘llangan gorizontal chiziq yo‘q. Shu asosda smartfonning antenna o‘rnatiladigan joyi bo‘lmaydi, degan xulosaga kelindi.
Shu bilan birga, chop etilgan ayrim suratlar aslida antenna chiziqlari Photoshop dasturi yordamida o‘chirilgan iPhone 6 ga tegishlidir.
Uskuna bitta kameraga ega bo‘ladi. Aytilishicha, ikkitalik modul 4,7 dyuymli versiyada bo‘lmay, faqat 5,5 dyuymli iPhone 7 Pro’ga o‘rnatiladi.
Shuningdek, korpus eski modelga nisbatan ingichkaroq bo‘lishi kutilmoqda. Gadjetni yupqalashtirishga takomillashtirilgan LCD-matritsa hisobidan erishiladi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: iPhone 7
Просмотров: 1848 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:50
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz