iPhone 7’ning yangi suratlari qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi


Xitoyning Bastille Post manbasi e’lon qilgan yangi rasmlar iPhone 7’da qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Home tugmasining hamda orqa korpusdagi antennalar yonida plastik detallarning yo‘qligi haqida tarqalib ketgan boshqa ma’lumotlar ham insayderlik fotosuratlari orqali tasdiqlandi.
Ikkita obyektivga ega kamera iPhone 7 orqa korpusining tekis yuzasidan biroz bo‘rtib chiqib turishi taxmin etilmoqda. Bir qavatli yorug‘lik diodli vspishka uning yonida joylashadi, bu biroz g‘alati ko‘rinadi, chunki ko‘pchilik flagman smartfonlarda vspishka ikkitalik va u ranglar ancha tabiiy uzatilishini ta’minlaydi.
Kamera va vspishka yonida an’anaviy tarzda mikrofon joylashdi. Orqa panelda antennalar uchun mo‘ljallangan yo‘l-yo‘l chiziqlar yo‘q: Apple ularni ustki va pastki qirralarga joylashtirdi.
Orqa panelning pastki qismidagi uchta nuqta Smart Connector interfeysi analogi deb taxmin etilmoqda. Apple undan iPad Pro’da foydalangan edi. Biroq yashirincha olingan suratlar orqali iPhone 7 haqidagi asosiy savolga javob topib bo‘lmaydi — smartfonda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik bo‘linma bo‘ladimi, yo‘qmi?
Maxfiy suratlarga asoslanib, Feld & Volk kompaniyasi dizaynerlari iPhone 7’ning uch o‘lchamli renderlarini yaratdi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: iPhone 7
Просмотров: 1546 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:05
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz