Leonardo Di Kaprio Instagram’da Rossiyaning Ural daryosidagi baliq ovi aks ettirilgan suratni chop etdi


Leonardo Di Kaprio Instagram’dagi sahifasida Rossiyaning Ural daryosidagi qishki baliq ovi suratini joylashtirdi. Suratda Magnitogorsk metallurgiya kombinati yaqinida, daryo muzi ustida o‘tirgan baliqchilar tasvirlangan, deya hikoya qiladi “Argumenti i fakti”.Qishda dam olish kunlari erkaklar Ural daryosining qalin muzida yoriq o‘yib, baliq ovlash bilan shug‘ullanadi, — deya izoh beradi Di Kaprio mazkur suratga. — Ural daryosi Yevropa va Osiyo qit’alari o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Foto Yevropa zaminida olingan, metallurgiya zavodi esa Osiyoda joylashgan”.Surat va unga berilgan izohga aktyorning Rossiyadagi muxlislari darrov o‘z munosabatini bildirdi. Ular Di Kaprioga Novokuznetsk va Norilskka kelib, bu yerlardagi yirik zavodlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni taklif etgan. Sinchkov foydalanuvchilardan biri esa Magnitagorskdagi surat National Geographic jurnalining doimiy mualliflaridan biri Gerd Lyudvigga tegishli ekanligini qayd etgan.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Leonardo Di Kaprio, Rassiya
Просмотров: 1418 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz