Putin rossiyalik futbolchilarning Monte Karlodagi ziyofatidan xabar topdi


Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat terma jamoasi futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ismlari bilan bog‘liq shovshuvlardan boxabar. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kokorin va Mamayev Monte Karloda dam olib, 250 ming yevro safrlagani haqidagi axborot 5-iyul kuni matbuotda e’lon qilindi. Ziyofat taxminan 2-iyul kuni uyushtirilgani aytilmoqda. Mehmonlar tomonidan Instagram’da chop etilgan videoda futbolchilar bar oldida qizlar bilan o‘tirib chilim chekayotganini ko‘rish mumkin. Bir muddatdan so‘ng Rossiya madhiyasi sadolari ostida zalga ko‘p miqdorda qimmatbaho shampan vinosi olib chiqilgan.

Life nashrining ayblovlarini inkor qilgan Kokorin ziyofatga 250 ming yevro safrlanmagani, shampan vinosiga esa ular buyurtma bermaganini aytdi. Buni bar egasi ham tasdiqladi.


Kokorin va Mamayevning jamoalari ularni jarimaga tortishga va asosiy tarkibdan ikkinchi tarkibga o‘tkazishga qaror qildi. Futbolchilar Instagram’ni begonalar uchun yopib qo‘ydi.

Peskovning so‘zlariga qaraganda, prezident futbolchilar Monte Karloda hashamatli ziyofat uyushtirgani haqida axborot matbuotda keng yoritilgani tufayli bilib olgan.

“Bu haqda hamma, shu jumladan, prezident ham eshitdi. Bu mediada keng yoritildi, jamoatchilik orasida bahslarni keltirib chiqardi. Albatta, prezident ham bundan boxabar”, — dedi Peskov.

Kreml vakili yuzlab shampan vinolarini kim buyurtma qilganini aniqlashtirish lozimligini aytdi.

“Agar bu ishni futbolchilarning o‘zlari qilgan bo‘lsa, hukm chiqarishni Xudoga qo‘yib beraylik”, — qo‘shimcha qildi u.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: futbol, Rassiya, Putin
Просмотров: 1855 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz