Mashmasha davom etadi! “MY5”ning “Yashirin kamera”si yana nishonda (video)


Joriy yilning 1 aprel kuni “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan “Yashirin kamera” ko‘rsatuvi oradan ikki hafta vaqt o‘tsa hamki, muhokama maydonining asosiy mavzusi bo‘lib kelmoqda.

Ko‘rsatuv efirga uzatilgandan so‘ng, unda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligidagi ayrim moddalar buzilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telekanal ma’muriyatiga rasmiy xat kiritdi. Unda ko‘rsatuv qaysi jihatlari bilan qonunchilikka zid ekani bo‘yicha to‘la tushuntirish berilgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, “Qalampir.uz” internet nashrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “MY5” kanalida ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qildi” nomli xabar e’lon qilindi. Shundan so‘ng, asosiy aybdor qolib, kamera ob’ektivi, shu orqali tomoshabin e’tibori boshqa OAVga qaratildi.

“Sevimli” telekanalini yaxshi bilasiz. 2017 yilning 1 dekabrida ish boshlagan mazkur xususiy telekanalda “MY5”dan ketgan asosiy professional ijodiy jamoa faoliyat yuritmoqda. Kanal oz fursat ichida o‘z muxlislarini topib, nomiga yarasha sevimli bo‘lishga ulgurdi. Bu haqda avval ham yozgan edik.

Gapning indallosi shuki, telekanalda “Tanaffus” nomli annimasion yumoristik loyiha efirga uzatilib kelinmoqda. Uning galdagi sonida “MY5” telekanalining “Yashirin kamera” ko‘rsatuvi nishonga olindi. Unda insonlarning shaxsiy hayotiga aralashish va buni suratga olib teleefirga uzatish hazil-mutoiba orqali tanqid qilingan.

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda, muhokama ham daqiqa sayin avj olyapti. Mazkur loyihani yuqoridagi videopleerda tomosha qilishingiz mumkin.

Qiziq, “MY5” “Sevimli” telekanaliga qanday javob qaytararkin?



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Mashmasha davom etadi, MY5
Просмотров: 2138 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:07
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz