Meksikada neft zavodidagi portlash oqibatida 60 kishi jarohat oldi


Meksikaning Verakrus shtati, Koasakoalkos shahridagi Clorados 3 neft korxonasida portlash yuz berishi oqibatida kamida 60 kishi jarohat oldi, 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Petróleos Mexicanos (Pemex) neft-gaz davlat kompaniyasi tvitterida ma’lum qilindi.
Zavod Pemex va Mexichem kompaniyalari tomonidan nazorat qilinuvchi Petroquímica Mexicana de Vinilo kompaniyasiga tegishli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod hududidagi reaktor ustunlaridan biri portlagan. Portlash oqibatida atmosferaga kata miqdorda zararli moddalar chiqqan. Zavod yon-atrofida yashovchi aholiga o‘z uylarini tark etmaslik tavsiya qilingan.
Jarohatlanganlardan 38 nafari yaqin oradaga shifoxonalarga, 20 nafarga yaqini kompaniyaning Koasakoalkosdagi shifoxonasiga yetkazilgan.
Hukumat kuchlari zavod yaqinidagi barcha yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Shuningdek, korxona yaqinidagi maktablarda mashg‘ulotlarni bekor qilishga qaror qilingan. Ma’lum qilinishicha, olov tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta avval ham Meksikaning Chyapas shtatida Pemex’ga tegishli Cactus gazni qayta ishlash zavodida portlash yuz bergandi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Meksika, portladi, neft, zavod
Просмотров: 1011 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz