Meksika prezidenti xitoyliklar qirg‘ini uchun rasman uzr so‘radi


 
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 1911-yilda sodir etilgan xitoylik muhojirlarning ommaviy qirg‘ini uchun rasman kechirim so‘radi. Bu haqda SupChina nashri  xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z uzrini Meksikadagi Xitoy elchisi Chjuo Siansiyao ishtirok etgan marosimda bildirdi.

“Meksika davlati hech qachon irqchilik, kamsitish va ksenofobiyaga toqat qilmaydi”, — dedi prezident.

Obradorning nutqida Meksika shimolidagi Torreon shahrida sodir bo‘lgan voqeani nazarda tutilgan. Shaharda 1911-yil 13—15-may kunlari 303 nafar xitoylik irqiy qatliomda o‘ldirilgan. Ta’kidlanishicha, Torreonda xitoylik muhojirlarning avlodlari omon qolgan. Ular uchun prezidentning uzr so‘rashi zarur bo‘lgan pushaymonlik ifodasi bo‘ldi, deb yozadi SupChina.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, Obradorning kechirim so‘rashi fuqarolarga ajdodlar xotirasini hurmat qilish imkoniyatini berdi. Ularning fikriga ko‘ra, xitoyliklar endi Meksikada bu kabi zo‘ravonlik takrorlanmasligiga ishonch bildirsa bo‘ladi.

Avvalroq El Pais nashri Obrador prezidentligi davrida Meksika iqtisodiyotiga xitoyliklardan tashqari har qanday xorijiy investitsiyalar kirishini taqiqlashi haqida xabar bergan. Xitoy kompaniyalari Meksikada muntazam ravishda yirik davlat shartnomalarini yutib keladi. Ta’kidlanishicha, 2020-yilda Lotin Amerikasi miqyosida Xitoy tomonidan kiritilgan sarmoyalar sonining ko‘pligi bo‘yicha Meksika birinchi o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, 4-may kuni Meksika prezidenti Ispaniya tomonidan Amerikani mustamlaka qilish boshlanganida yetkazilgan zarar va kamsitishlar uchun maya tub aholisidan kechirim so‘ragan edi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: qirg‘ini, Xitoy, Prezident, so‘radi, uchun, Meksika, uzr, rasman
Просмотров: 1418 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:27
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz