Moʼmin Rizoning prodyuser va aktyorlik ishi “Rizo” seriali

Moʼmin Rizoning prodyuser va aktyor sifatidagi navbatdagi yangi ijod mahsuli boʼlgan “Rizo” seriali, tez kunlarda tayyor boʼlishi kutilmoqda. 
Serial rejisyori Ulugʼbek Sharmetov. Serialda taniqli aktyorlardan Shuhrat Umarov, Mehriddin Rahmatov, Sherzod Pirmatov, Farida Yusupova, Аsadillo Nabiev, Аsror Hamidov, Moʼmin Rizo, Ziyoda Normurodova va boshqalar suratga tushishgan. 
Moʼmin Rizo bu serialda mayor Rizo rolini ijro qilgan.
“Rizo” seriali mazmuniga koʼra, “qonun oldida hamma barobar” degan gʼoyani ilgari suradi. Voqealar rivoji davomida bosh qahramon mayor Rizo koʼplab jinoyatlarni ochishga muvaffaq boʼladi. Qotillik, turli moliyaviy va maʼmuriy jinoyatlargacha uning nazaridan chetda qolmaydi. 
Mayor Rizoning aqliy salohiyati, uddaburonligi va kasbiy tajribasi yuqoriligi, har qanday murakkab jinoiy ishni sinchkovlik bilan oʼrganib chiqib, mulohaza yuritib, oʼrinli yechim topishiga yordam beradi. 
Serialda aktyorning rafiqasi aktrisa Ziyoda Normurodova ham mayorning ishongan yordamchisi leytenant Normurodova rolida suratga tushgan. 
Qonun himoyachisi boʼlgan mayor Rizo rolida, aktyor oʼz ijodiy mahoratini toʼla-toʼkis ochib bera olgan va shu obrazda yashagan, deyish mumkin. Sharafli kasb egalarining murakkab ish faoliyati, kuchli mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurash, hamda sadoqat va mardlik tuygʼulari ulugʼlangan bu serial, tomoshabinni fikr-mulohazaga chorlaydi. Serialda doʼstlikning suisteʼmol qilinishi, nomardlik, hamda oʼylamay qadam bosish orqali jinoyat yoʼliga kirish kabi holatlar qoralangan. Turli illat va jinoyatlarga qarshi kurash, asosli yoritib berilgan. 
Serial davomida oʼz ishongan doʼstining ham jinoyatiga duch kelgan mayor Rizo, murakkab sinov qarshisida qoladi. Bir tarafda sharafli kasb masʼuliyati, boshqa tarafda esa, doʼstlikka sadoqat tuygʼusi... Mayor Rizo qaysi birini tanlaydi? Buni albatta, serial teleekranlar orqali namoyish etilgach, koʼrib bilish mumkin. 
Hozirda serialning montaj ishlari ketmoqda.


Категория: YULDUZLAR HAQIDA (HAYOTI) | Теги: “Rizo” seriali, Moʼmin Rizoning, prodyuser
Просмотров: 405 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz