Selena Gomes “Spiral” trillerida ijtimoiy tarmoqqa bog‘lanib qolgan ayol rolini ijro etadi. Filmga reper Dreyk prodyuserlik qilmoqda

Amerikalik taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes “Spiral” nomli psixologik trillerda bosh rolni o‘ynaydi. Film ijtimoiy tarmoqlarga zararli qaramlik haqida. Kartina klipmeyker va suratkash Petr Kollinzning debyut filmiga aylanadi, deb yozadi “Film.ru”.
Sujet markazidan o‘tmishda katta ta’sir doiraga ega bo‘lgan, biroq ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgani sabab tanasi qismlarga bo‘linib ketayotgan ayol o‘rin oladi. Ssenariy Kollinz hikoyasiga asoslangan.

Filmga reper Dreyk, shuningdek, “Eyforiya” ustida ishlagan Adel Nur prodyuserlik qiladi. Gomes va Kollinz 2017-yildan buyon do‘st bo‘lib, klip va qisqa metrajli filmlar ustida birga ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Selena Gomes 2018-yilda ruhiy klinikaga tushib qolgan va u yerda qo‘shiqchini asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashgan edi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Selena Gomes, prodyuser, Dreyk, film, Spiral, Ayol, Triller
Просмотров: 965 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz