Muxlislar Zarina Nizomiddinovaning haddan ziyod "chaplanish"ini tanqid qilishdi


Zarina Nizomiddinova ijtimoiy tarmoqlarda faol aktrisalardan sanaladi. U hayotidagi muhim voqealarni doimiy ravishda Instagram orqali ma’lum qilib boradi. Aktrisaning shaxsiy sahifasini kuzata turib, so‘nggi vaqtlarda u sport bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishganini payqash qiyin emas. O‘zini aktyorlikda sinab ko‘rayotgan do‘sti Alisher Usmonov esa Zarinaga ko‘p hollarda hamroxlik qiladi. Zarinaning so‘nggi vaqtlarda sahifasiga joylayotgan suratlarida ham Alisher Usmonovni ko‘rish mumkin.

Kuni kecha aktrisaning tarmoqqa joylagan navbatdagi surati va unga qoldirilgan izohlar e’tiborimizni tortdi. Zarinani ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boradigan muxlislari uning haddan ziyod “chaplanish”ini tanqid qilishdi. Nizomiddinovaga nisbatan “Tabiiy go‘zallikka hech narsa yetmaydi, yoshsiz, shundoq ham chiroylisiz, shu darajada “chaplanish” shartmi?” degan fikrlar juda ko‘p bo‘lyapti. Tarmoq foydalanuvchilari uning labini ham e’tibordan chetda qoldirishmadi. Lablarni turli kimyoviy yo‘llar bilan shishirish kun kelib salomatlikka jiddiy ziyon yetkazishi haqida bot-bot takrorlashyapti. Zarina esa bunday gap so‘zlarga pinagini ham buzgani yo‘q.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Zarina Nizomiddinova
Просмотров: 3079 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz