Zarina Nizomiddinova: O‘g‘lim men bilan bayram tomoshalariga borishni yoqtirmaydi Mp3lar.Com


Aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘z o‘g‘lini har doim ham Yangi yil tomoshalariga o‘zi olib bora olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

“Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari, turli tomoshalar tashkillashtirila boshlaydi. O‘g‘lim har yili barcha tomoshalarga borishni kanda qilmaydi”, — dedi Zarina Nizomiddinova.

“Lekin unday maskanlarda odam ko‘p bo‘lgani bois, o‘zim olib borolmayman. O‘g‘lim ham bayram tomoshalariga men bilan borishni yoqtirmaydi. Meni qizg‘angani bois, oldimga kelib dastxat so‘raydiganlar, rasmga tushadiganlarni yoqtirmaydi”, — dedi aktrisa.

“Ba’zam o‘zim odam ko‘p yig‘ilmaydigan joylarga olib borishga harakat qilaman. Yodimda, otam ham meni faqatgina “Turkiston” saroyida o‘tadigan archa bayramiga olib borardilar”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Zarina Nizomiddinova.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Zarina Nizomiddinova
Просмотров: 2476 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz