«Nokia» Tarixi haqida barchasi


Informasion texnologiyalar olamidagi gigant kompaniyalar ro‘yxatida ilgari bir kompaniya nomini keltirib o‘tmaslikni tasavvur qilib bo‘lmasdi. «Nokia». Ha, bu nom hali xotiralardan butunlay o‘chib ketgani yo‘q. Lekin ushbu kompaniya yana ilgarigi shuhratini tiklashi va ilgarigi darajasiga yetishi uchun juda uzoq vaqt kerak bo‘ladi.
Hammasi esa juda oddiy boshlangandi. XIX asr o‘rtalarida Nokia deb ataluvchi maskanda shu nom bilan ataluvchi mayda o‘rmon jonivorlaridan boshqa narsa yo‘q bo‘lib, bu yerdagi daryo, joy va aholi maskani ham mana shu jonivorlar nomidan olingandi. 1865 yilda Finlyandiya va Germaniyadagi qog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning muvaffaqiyatlarini ko‘rgan injener va ixtirochi Fredrik Idestam hamda uning do‘sti Leopold Mexelin bankdan kredit olishdi va Nokia daryosi yaqinida yog‘ochni qayta ishlovchi zavod qurishdi.
Ishlab chiqarishga ilg‘or yangiliklarni kiritish oqibatida zavod kengaydi va uning atrofida aholi maskani barpo bo‘ldi.
XX asr boshida Idestam bu ishni tark etdi va «Nokia»ni boshqarish Mexelinga o‘tdi. U yangi sohalarni o‘zlashtirishga kirishdi. «Nokia» qog‘oz ishlab chiqarish bilan birga elektr energiyasi ham ishlab chiqara boshladi.
Elektr energiyasi qo‘shnilarga —Finnish Rubber Works fabrikasiga sotidi. 1922 yilga kelib esa fabrika «Nokia» ixtiyoriga o‘tdi. «Nokia» kompaniyasi tomonidan poyabzal, tibbiyot ashyolari, protivogazlar va avtomobil shinalari ishlab chiqarila boshlandi.
Shu bilan birga «Nokia» rezinadan tayyorlangan mahsulotlarini Finnish Cable Works kompaniyasiga sotdi. Telegraf simlarini ishlab chiqarish uchun ko‘p miqdorda rezina mahsulotlari kerak bo‘lar va «Nokia» bu ishni a’lo darajada uddalardi. Oradan bir oz vaqt  o‘tgach, Finnish Cable Works ham uning ixtiyoriga o‘tdi. XX asrning oltmishinchi yillarida «Nokia»ning Finnish Cable Worksdan ajralib chiqqan elektronika bilan shugullanuvchi bo‘linmasi yuqori texnologiyalar sohasida ilmiy-tajribaviy ishlarni boshlab yubordi.
1969 yilga kelib kompaniya impuls-kod modulyatsiyali ilk qurilmasini taqdim etdi va u PCM nomi bilan xalqaro standartga aylandi. Aynan mana shu texnologiya oddiy audiosignalni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish usulini taklif etardi. Yangi davrdagi «Nokia» audio bozorida inqilob yasagandi. Kompaniya dastlabki raqamli ATSni ishlab chiqardi.
Yetmishinchi yillar oxirida «Nokia»ning navbatdagi direktori Kari Kairamo bor kuchini maishiy elektronika, kompyuter va multimedia bozori avjiga chiqqan Yevropani zabt etishga sarflashga qaror qildi. «Nokia» o‘z odatiy uslubida harakat qildi: kompyuter va televizor yig‘ishga ixtisoslashgan ikkita firmani sotib oldi.
1979 yilda «Nokia»ning telekommunikasion bo‘linmasi Salora kompaniyasi bilan birlashdi va avtomobillar uchun ARP telefon tarmog‘ini yaratdi. Qo‘shma korxona Mobira deb ataldi.Saksoninchi yillar o‘rtalarida kompaniya «Nokia» Talkman deb nom olgan telefonlar ishlab chiqardi. U katta bo‘lib, og‘irligi 5 kilo kelar, avtomobilga o‘rnatilardi. 
Uch yildan so‘ng esa og‘irligi 750 grammli «Nokia» Cityman sotuvga chiqdi. 
1990 yilda raqamli mobil telefonlar uchun GSM standarti ishlab chiqarildi. «Nokia» esa 1991yilda dastlabki GSM telefonini taqdim etdi. 1992 yilda «Nokia» 1011 sotuvga chiqdi.

1994 yilda chiqarilgan «Nokia» 2100 dunyo bo‘yicha 20 million dona sotildi. 1995 yili esa Xitoyda zavodning birinchi kompaniyasi qurildi.
1996-1999 yillar oralig‘ida chiqqan «Nokia» 9000 Communicator esa butun dunyoni hayratga soldi. Telefon o‘sha davr uchun katta bo‘lgan monoxrom ekran, QWERTY-klaviatura bilan jihozlangan bo‘lib, GEOS operasion tizimida ishlardi. Communicatorga Intel x86 protsessori o‘rnatilgan, xotirasi 8 megabayt edi.
O‘sha davrning yana bir ommabop telefoni «Nokia» 8110 bo‘lgandi.

To‘qsoninchi yillar oxirida chiqarilgan 3310 dunyo bo‘yicha 130 million dona sotildi. 
1999 yilda «Nokia» WAP protokolini tatbiq etdi. Yangi protokoldan «Nokia» 7110da foydalanila boshlandi. Lekin WAP uzoqqa bormadi, uning o‘rnini yana «Nokia» amalga kiritgan GPRS egalladi. Oxir-oqibat fin kompaniyasi uyali telefonlar bozorining 40 foizini egalladi.
2001 yilda «Nokia» MMSni qo‘llashni boshladi. 2002 yili «Nokia»ning dastlabki smartfoni – 7650 sotuvga chiqdi. Kompaniyaning N91, N90, N70 smartfonlari ham bozorda xaridorgir qurilmalardan bo‘ldi.
Kompaniyaning eng xaridorgir telefoni esa 1100 modeli bo‘lib, 2003-2009 yillar davomida 250 million dona sotilgan.
Sensor telefonlar uchun mo‘ljallangan Symbian tizimi «Nokia» 5800 modelida paydo bo‘ldi. Lekin Android va iPhone bu paytga kelib bozorga faol kirib kelgandi.
2010 yilda kompaniyaning ijrochi direktori etib Microsoft kompaniyasida ishlagan Stiven Eloptayinlandi. Elop rahbarlikka kelishi bilan «Nokia» yo‘nalishini Windows Phone tomonga o‘zgartirdi.    
2013 yil sentyabrda Microsoft «Nokia»ning uyali telefonlar va mobil qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limini sotib oldi.
Microsoft «Nokia» brendidan voz kechgan va Microsoft Lumia belgisi ostida smartfon ishlab chiqarmoqda. Lekin bu yil Microsoftning smartfonlar uchun «Nokia» brendidan foydalanish huquqi yakuniga yetadi. Bu esa kompaniyaning yangi davri boshlanishiga zamin yaratsa ajab emas.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Nokia, tarixi
Просмотров: 2921 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz