Nokia kompaniyasi Microsoft Mobile nomini oladi

Microsoft o‘ziga tegishli bo‘lgan Nokia mobil bo‘linmasining nomini   o‘zgartirishga qaror qildi. Uning yangi nomi endi korporatsiya nomi bilan yanada yaqinroq – Microsoft Mobile bo‘ladi. Microsoft bu xususda hozircha rasmiy e’lon berganicha yo‘q, biroq kompaniya o‘z hamkorlarini nomning qisqa fursatlarda o‘zgarishi haqida ogohlantirgan.

Hozirda fin mobil kompaniyasining rasmiy nomi – Nokia Oyi (ushbu fincha qisqartma ot aksiyadorlik jamiyati ma’nosini anglatadi). Yaqin kelajakda barcha moliyaviy operatsiyalar uchun Microsoft Mobile Oy nomi qo‘llaniladi (Oy – korporatsiya ma’nosini anglatadi). Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Kompaniya smartfonlari avvalgidek Nokia brendi ostida ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda. Chunki bu shu qadar taniqli va mashxur nomki, uning o‘zgartirilishi mantiqan xato bo‘lishi muqarrar. Bo‘linma nomining o‘zgartirilishi esa fin kompaniyasi Microsoft korporatsiyasining teng huquqli qismiga aylanib ulgurganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Microsoft’ning Nokia mobil biznesini sotib olishi haqidagi rejalari haqida 2013-yil sentabr oyida e’lon qilingan edi. Nokia’ning qurilmalar ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi, shuningdek, ular bilan bog‘liq patentlar narxi 5,44 milliard yevroga baholangan edi. Finlyandiya kompaniyasining o‘zi uch yo‘nalish – telekommunikatsion jihozlar, kartalar va HERE navigatsiya servisini ishlab chiqarishga urg‘u berish istagini bildirgan.

Mazkur “telefon” biznesi xaridini Microsoft o‘zining birinchi raqamli smartfonlar ishlab chiqaruvchiga aylanish va smartfonlar bozoridagi ulushini to‘rt baravar ko‘paytirish istagi bilan izohlagan. 2018-yilga kelib, korporatsiya bu ko‘rsatkichni 15 foizga yetkazishni rejalashtirgan. Nokia’ning patentlar portfeli xaridini esa Microsoft AT sektoridagi eng qimmatli, deya e’tirof etgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Microsoft Mobile, Nokia, microsoft
Просмотров: 1540 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz