“O‘zbeknavo”ning sobiq bosh direktori Bahodir Abdurahimov olamdan o‘tdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining sobiq bosh direktori Bahodir Abdurahimov 2016-yil 14-mart kuni 69 yoshida Namangan viloyatida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbeknavo”ning matbuot xizmati xabar qildi.
Abdurahimov Bahodir Abdurahimovich 1948-yil 23-sentabrda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 1966–1972-yillarda Farg‘ona davlat politexnika instituti talabasi bo‘lgan. 1972—1992-yillarda Namangan viloyat qurilish uyushmasi boshlig‘i, Qurilish tresti boshlig‘i, Namangan viloyat Chust shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, “O‘zkolxozqurilish” tresti bosh muhandisi, Davqurilish bosh muhandisi bo‘lib ishlagan.
1992–2001-yillarda Madaniyat vaziri o‘rinbosari, 2001–2008-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, keyinchalik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Xalqaro madaniy aloqalar va san’atshunoslik” kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: O‘zbeknavo
Просмотров: 1471 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:37
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz