Xonanda Manzura “O‘zbeknavo”ga minnatdorchilik bildirdi


Manzura: “Men seni sevaman, “O‘zbeknavo!”.

Ayni damda, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekistonning turli viloyatlarida san’atkorlar ishtirokida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tyapti.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Manzura va Umidaxon shu kunlarda Surxondaryo viloyati bo‘ylab gastrol konsert dasturlarini taqdim etib, harbiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazishyapti. Surxondaryodagi tadbirlardan olingan suratlarni munatazam ravishda ijtimoiy tamrmoqlardagi shaxsiy sahifalariga joylab borayotgan san’atkorlar bayram tadbirlari ko‘tarinki ruxda o‘tayotganini ma’lum qilib, surxondaryoliklarning mehmondo‘stliginini alohida aytib o‘tishyapti.

13 yanvar kuni Instagram’ga hamkasbi Sardor Rahimxon bilan tushgan suratini joylagan Manzura “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga minnatdorchilik bildirib,  quyidagicha izoh qoldirdi:

“Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Surxonddaryoda uch kun konsert berdik. Eng chekka hududlarda bo‘ldik. Yashasin, “O‘zbeknavo”. Odil aka, biz sizni sevamiz, bor bo‘ling! Ayniqsa, uchinchi kun mazza qildik. “O‘zbeknavo” hamisha qalbimizda. Men seni sevaman, “O‘zbeknavo!”. 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: O‘zbeknavo, Xonanda, Manzura
Просмотров: 1343 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz