Odamlar nima deydi? O‘zbekistondagi internet provayderlarning qay biri yaxshi?


Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur qilishning imkoni yo‘q. Hozir deyarli har bir uyda internet tarmog‘i bor. Muassasalar ishi ham aynan internet bilan bog‘liq. Bir vaqtlar internet ulash ancha mushkul jarayon edi. Maxsus modemlar orqali inernetdan foydalanish kerak bo‘lgan. Shuningdek, ular uy telefoniga ulanganligi sababli internetdan foydalangan vaqtda uy telefon raqami band bo‘lar edi. Bunday holatlarni bugun tabassum bilan eslaymiz.

Zamonaviy texnologiyalar sabab bunday muammolar bugun bartaraf etilgan. Internet xizmatini taklif qilayotgan kompaniyalar soni ham ancha ko‘p. “Uzonline”, “Turon”, “ICTV”, “Sarkor Telecom”, “TPS”, “Comnet”, “Cron”, “EVO”, “Global Net”, “Golf Stream”, “East Telecom”, “Sharq Telecom” kabi bir necha internet provayderlar o‘z xizmatilarini ko‘rsatishmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni deyarli 15 millionga yetgan. O‘tgan yilgiga nisbatan bu yil internet tezligi ham oshgan. 2016 yilda internet provayderlarning umumiy tezligi sekundiga 26,3 Gbitni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich sekundiga 65,7 Gbitni tashkil qilmoqda.

Biz bu maqola orqali internet provayderlar va ularning ko‘rsatayotgan xizmati sifati borasida so‘rovnoma o‘tkazish istagidamiz. Siz qaysi internet provayderidan foydalanasiz va bu provayder xizmatiga qanday baho berasiz? Izohlaringizni kutamiz.

Durdona Rasulova



Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: internet provayder, qay biri, Odamlar nima deydi? O‘zbekiston, Yaxshi
Просмотров: 1047 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:05
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz