Bobir Abdixoliqov Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi boʻldi

Kecha, 28-noyabr kuni Belarus chempionatining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda joriy mavsum “Energetik-BGU” sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov ham e’tirof etildi.

Belarus chempionatining 2022-yilgi mavsumida 26 ta gol bilan mavsum toʻpurariga aylangan va jamoasining gʻalabalariga katta hissa qoʻshgan Abdixoliqov liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi va unga maxsus sovrin topshirildi.

Bundan tashqari Bobir chempionatning eng yaxshi hujumchisi, toʻpurar sovrinlarini qoʻlga kiritdi va liganing “A” ramziy terma jamoasidan joy oldi. Shu bilan birga Bobir liganing eng foydali futbolchisi deb ham topildi.

Maʼlumot uchun, hujumchimiz chempionat davomida 30 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 26 ta toʻp kiritdi va jamoadoshlariga 6 ta golli pas uzatdi.

Qayd etish mumkin, Bobur Abduxoliqov Belarus futboli tarixida bir mavsumda eng koʻp gol urgan xorijlik futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Shuningdek, u “Energetik-BGU”ning bir mavsumda koʻp toʻp kiritish boʻyicha rekordchisiga aylangan.

“Energetik-BGU” mavsumni 2-oʻrinda yakunladi. Shu tariqa, minskliklar Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralashida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: futbolchisi, Bobir, chempionatining, Yaxshi, boʻldi, ENG, Abdixoliqov, Belarus
Просмотров: 150 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz