Portugaliyalik TJ futbolchisi jarohati tufayli ikki oyga safdan chiqdi

Portugaliya terma jamoasi va PSJ futbolchisi Nuno Mendesh jarohati sabab ikki oyni oʻtkazib yuboradi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida.

20 yoshli portugaliyalik futbolchi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Urugvay termasiga qarshi oʻyinda (2:0) chap son qismidan jarohat oldi.

Eslatib oʻtamiz, Urugvay bilan oʻyinda Portugaliya terma jamoasi mundialning pley-off bosqichidan muddatidan oldin chiqishni taʼminladi.

Uchrashuv natijasida portugaliyalik olti ochko jamgʻarib, “H” guruhining yakka peshqadami boʻlishga muvaffaq boʻldi. Eng yaqin taʼqibchi uch ochko jamgʻargan Gana boʻldi.

Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda bittadan ochkoga ega Janubiy Koreya va Urugvay termalari joylashgan.

Portugaliya terma jamoasi guruh bosqichining soʻnggi turida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻynash uchun qoldi. Uchrashuv 2-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: tufayli, jarohati, futbolchisi, Ikki, safdan, Oyga, chiqdi, TJ, Portugaliyalik
Просмотров: 144 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz