Server Jeparov “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri Server Jeparov Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

“Lokomotiv” yana ikki futbolchi — Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi sardori, gruziyalik Kaxi Maxaradze va Muborakning “Mash’al” futbol klubi himoyachisi Sherzod Fayziyev bilan ham shartnoma tuzgan.

“Shunday qilib, Server Jeparov 5 yillik tannafusdan so‘ng yana Oliy Ligaga qaytdi”, — deb yozadi “Championat.asia”. O‘z vaqtida Namanganning “Navbahor”, Toshkentning “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan yarim himoyachi so‘nggi bir necha yildan beri Janubiy Koreyada to‘p surayotgandi.

Qayd etish joiz, Kaxi Maxaradze O‘zbekistondagi faoliyatini aynan “Lokomotiv”da boshlab, keyinchalik “Paxtakor” jamoasiga o‘tgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Lokomotiv, Server jeparov
Просмотров: 1178 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz