Sevara Nazarxon o‘zining yangi klipida “ko‘rinmas” pardozda namoyon bo‘ldi

Sevara Nazarxon “Men u yerda yo‘qman” (“Там нет меня”) deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.

“Montaj ishlari, va nihoyat tugadi”, — deb yozadi Sevara o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Tarona musiqasi I. Nikolayevga tegishli, so‘zlarini P. Jagun-Linnik yozgan. Klip rejissori esa Bahodir Yo‘ldoshev.

Kecha, 17-aprel kuni Youtube’ga joylangan videoklipni ayni paytgacha 7844 kishi tomosha qilgan.

Klip tabiat qo‘ynida suratga olingan. Unda tog‘lar, o‘rmonlar va okean manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin. Sevaraning o‘zi esa doimgidek oddiy ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. U soddagina oq ko‘ylak va “ko‘rinmas” pardoz bilan “qurollangan”.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sevara Nazarxon
Просмотров: 2052 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz