Sevara Nazarxon xonanda Natasha Korolyova qiyofasida namoyon bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi "Xuddi o‘zginasi” ("Точь в точь”) loyihasining ikkinchi bosqichida ishtirok etdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Ikkinchi chiqishda Sevara Nazarxon sahnada xonanda Natasha Korolyova qiyofasida namoyon bo‘ldi va "Sariq lolalar” ("Желтые тюльпаны”) qo‘shig‘ini ijro etdi.

Yakuniy hisobda Sevara 21 ochko to‘plab, Natali va Nikita Presnyakov bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon 2-mart kuni mazkur shouning birinchi raundida ishtirok etib, 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallagan edi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sevara Nazarxon
Просмотров: 2072 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz