«Shaytanat» teleekranlarga qaytmoqda. Efir kuni ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy kinematografiyamizda juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan «Shaytanat» seriali «O‘zbekiston» telekanalida efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, sevimli adibimiz Tohir Malikning «Shaytanat» asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan «Shaytanat» seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.

Serialning ishlangan, ammo efirga uzatilmagan qismlari Yodgor Sa’diev tomonidan hech kimga ko‘rsatilmay pinhon saqlab kelingani to‘g‘risida ma’lumotlar bor.

Mana, buning ham sababi ma’lum bo‘ldi. Oradan 15 yildan ortiq o‘tib «Shaytanat» teleekranlarga qaytmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda 30 aprel kuni dastlab bu serial haqida maxsus tok-shou bo‘lib o‘tadi. 1 maydan boshlab esa «Shaytanat» efirga uzatila boshlaydi.



Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Shaytanat, Serial
Просмотров: 2585 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz