Shohrux reper “My.gov.uz” haqida qo‘shiq kuyladi


Taniqli reper Shohrux Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “My.gov.uz” haqida 32 soniya davom etadigan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi — “Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning “Xato” nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat (qo‘shiqni bu yerda eshitish mumkin):

Teraman My.gov.uz,
Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.
Hayotingni osonlashtir,
365 kun — bahor, yoz, kuz.
Endi muammolaringni hal qil
Ikki baravar tezroq,
Ter — My.gov.uz.

“Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, mazkur qo‘shiq “My.gov.uz” haqidagi rolikda foydalaniladi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shoxrux
Просмотров: 2564 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz