Uzoq kutilgan Premyera: Shoxrux va Shahzoda - ket (+HD Video clip)


Estradamizning betakror yulduzi Shahzoda iste’dodli xonanda Shoxrux bilan ilk kuylagan duetidan so‘ng, oradan 10 yil o‘tib yana yangi “Ket” deb nomlangan taronani  birgalikda ijro etganligi haqida ma’lum qilgan edik. Mazkur kompozisiyani klipi bilan taqdim etib, muxlislarini ikki karra xursand qilish niyatida bo‘lgan Shahzoda va Shoxrux bugun “Ket” taronasi va unga ishlangan klipni omma e’tiboriga namoyish etishdi.
Yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari uzra jarang sochgan tarona tinglovchilar tomonidan kutilganidanda a’lo darajada qarshi olindi. Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan musiqiy asarda sevgan yori xiyonatiga duch kelgan oshiqning dardi bayon etilgan. “Benom Media” tomonidan tasvirga olingan video asarda bosh rollarni Ulug‘bek Qodirov va Shahzoda ijro etgan.
Taronani tinglab, klipni tomosha qilar ekansiz, Shahzodaning nafaqat ijrosi, balki, aktrisalik mahoratiga yana bir karra tan berishingiz tayin. Hoziroq o‘zingiz tomosha qiling va baho bering.


Категория: MP3 PREMYERA | Теги: KET, Shoxrux, Shahzoda, Premyera
Просмотров: 2014 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz