Twitter´da terrorizmni targ‘ib qilayotgan 125 ming akkaunt yopildi


Twitter mikrobloklari xizmati o‘tgan yarim yil ichida terrorizmni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan 125 mingdan ortiq akkauntlarni yopib tashladi, deya xabar beradi “Ntv.ru” nashri.

Bu mashhur ijtimoy tarmoqlar orasida DAISh va u kabi terroristik guruhlarning tarmoqqa kirmasligi uchun qilingan birinchi harakat sanaladi. Birgina Twitter ijtimoiy tarmog‘i vakillari aynan shu maqsadda minglab akkauntlarni yopganliklarini ma’lum qilishgan.
Aytish kerakki, Twitter juda uzoq vaqtlardan beri tarkibida terroristik xarakterdagi akkauntlarning ko‘pligi sababli tanqid qilinayotgan edi. Ba’zilar uni DAISh tarafdori deb ham atashgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, terroristik guruh vakillari Twitter, Facebook hamda VKontakte kabi odamlar “gavjum” ijtimoiy tarmoqlarda o‘z “kompaniyasi”ni ochishga urunmoqda. Xususan, Rossiya fuqarolarini o‘z domiga tortishga bo‘lgan ba’zi harakatlari sababli ham huquq-tartibot organlari tomonidan bunday akkauntlarni yopish talab qilinmoqda. 
Umida Yakubova


Категория: INTERNET TARMOG'I | Теги: targ‘ib qilayotgan, twitter, 125 ming, akkaunt yopildi, terrorizm
Просмотров: 1047 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz