Bu mahsulotlarni iste’mol qilsangiz hech qachon semirib ketmaysiz

Kabachki 
Bu sabzavot inson organizmida suv-tuz balansini me’yorlashtirib, organizmda suv to‘planishining oldini oladi. Bundan tashqari u biriktiruvchi to‘qimalarga boy bo‘lib, ichaklarni tozalaydi, uning ishini yaxshilaydi. Kabachkining kaloriyasi kamligi sababli (100 gramm kabachkida 23 kaloriya bor) uni nonushtada ham, tushlikda ham, kechki ovqat mahalida ham iste’mol qilish mumkin.
Grechkali bo‘tqa
Boshqa yormalardan farqli ravishda grechkada uglevodlar kam miqdorda bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, u foydali aminokislotalar, yod, kalsiy, sink, mis, molibden, fosfor, nikel va boshqalarga boydir. Bundan tashqari grechka tarkibida ruhiy zarbalarga nisbatan chidamlilikni oshiradigan, V guruhiga kiruvchi vitaminlar ham mavjud. Undagi biriktiruvchi to‘qimalar miqdori esa bug‘doy, suli yormasi, guruchga nisbatan uch barobar ko‘p. Uni nonushta va tushlikda iste’mol qilgan ma’qul.
Suli yormasi 
Suli yormasi organizmdagi metabolik jarayonni tezlashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Buning natijasida ortiqcha kilogrammlar yo‘qoladi, ammo suli yormasini sotib olayotganda, bir zumda pishadigan, shakar qo‘shilgan bo‘tqalarni olmang. Uzoq vaqt davomida pishadigan tabiiy suli yormasigina foydali xususiyatlarga ega bo‘ladi. Aynan ularni nonushta vaqtida iste’mol qilishingiz mumkin.
Brokkoli
Brokkolini kun davomida iste’mol qilish mumkin. Uning 100 grammida bor-yo‘g‘i 20-30 kkal mavjud. Brokollini hazm qilish uchun organizm undan oladigandan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflaydi. Shuning uchun uni manfiy kaloriyali sabzavot deb atashadi. Ammo, asosiysi  brokkoli ochlik hissini yo‘qotib, ishtahani bo‘g‘adi.
Kepak
Kepak vitamin va mikroelemetlarga, biriktiruvchi to‘qimalarga boy bo‘lib, ichaklar faoliyatini me’yorlashtiradi. Bundan tashqari kepakdagi o‘simlik tolasi, oshqozonda uzoq vaqt hazm bo‘lib, shishadi va soxta to‘qliqni keltirib chiqaradi. Kuniga 3 oshqoshiq kepak iste’mol qilish odamni ancha ozdiradi.
Olma
Olmada kaloriya miqdori juda ham kam (100 grammda 87 kaloriya mavjud). Shuning uchun parhez kunlari olma yeyish juda urfga kirgan. Ammo bu faqat yashil olmaga tegishli. Bundan tashqari bir kunda 2-3 dona olma iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini 15 % ga kamaytiradi.
Dukkakli mahsulotlar 
Odamning ovqatlanish tartibida dukkakli mahsulotlarning boshoqli ekinlardan ahamiyati kam emas. Biz ularni to‘yimli bo‘lgani uchun ham sevib iste’mol qilamiz. Dukkakli mahsulotlarni kunning birinchi yarmida iste’mol qilganingiz ma’qul. Masalan, mana bu foydali salatni tayyorlab ko‘ring: qaynatilgan no‘xatga, qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, zaytun yog‘i, tuz, qora murch, mayda to‘g‘ralgan petrushka, sarimsoqpiyoz bo‘lakchalarini aralashtiring. Qarabsizki, mazali, parhez taom tayyor, uni tushlikka iste’mol qilishingiz mumkin.
Mol go‘shti
Mol go‘shti ajoyib protein manbai hisoblanadi, 100 gramm go‘shtda 20 gramm oqsil mavjud. Dietologlar haftasiga 5 marotaba, kuniga 150 grammdan go‘sht iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Aynan shu miqdorda go‘sht iste’mol qilish yog‘larning va qonda xolesterin miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi. Agar bu nazariya foyda keltirishini istasangiz, go‘shtning yog‘li qismini iste’mol qilmaslikka harakat qiling, ular xolesterin miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi.
Tovuq go‘shti
Tovuq go‘shtining aynan ko‘krak qismida yog‘ va xolesterin miqdori kam bo‘ladi. Boshqa go‘shtlarga qaraganda, tovuq go‘shti parhezbop go‘sht hisoblanadi. Uni qaynatilgan yoki dimlangan, garniriga sabzavotlardan foydalangan holda iste’mol qilgan ma’qul.
Tvorog
Yog‘siz tvorogda 18 gramm oqsil bo‘lib, uning kaloriyasi juda ham pastdir. Tvorog tarkibidagi riboflavin moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Agar tvorogning o‘zini iste’mol qilish joningizga tekkan bo‘lsa, yangi reseptlar o‘ylab toping. Masalan, avokadoning yarim pallasini olib, ichidagi etini qoshiq bilan tozalab oling. Keyin uni 50 gramm tvorog bilan aralashtirib, ichiga ko‘katlar, ozgina murch, tuz qo‘shing. Aralashmani ichi tozalangan avakado pallasiga solib, maza qilib iste’mol qilishingiz mumkin!
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8031 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.03.2016 | Комментарии (0)


Karam — har bir ayol kundalik taomnomasiga qo‘shishi kerak bo‘lgan asosiy va foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Quyida sizlarga karamdan tayyorlanadigan taomlar
 reseptini tavsiya etamiz. 
Karamli pxali
“Pxali” gruzincha so‘z bo‘lib, bargli karam va sabzavotli gazak degan ma’noni bildiradi. Pxalini lavlagi, ko‘k loviya, ismaloq, turli sabzavot va ko‘katlardan ham tayyorlash mumkin. Agar unga yong‘oqdan tayyorlangan o‘tkir ziravorlar qo‘shilsa, o‘zgacha ta’m beradi. 
Pxali 40 daqiqada tayyor bo‘ladi.
Kerakli masalliqlar: 
  • 1,5 kg karam
  • 300 gramm yong‘oq
  • bir bog‘ kinza
  • 3-5 bo‘lakcha sarimsoqpiyoz
  • 1 dona bosh piyoz
  • yarim choy qoshiq koriandr
  • tuz ta’bga ko‘ra
  • 1 osh qoshiq vinoli sirka
  • qalampir ta’bga ko‘ra
  • anor donachalari
Yirik qilib to‘g‘ralgan karam barglari qaynatib olinadi. Judayam pishirib yubormang. Qaynoq suvdan olgandan keyin suvini siriqtirib, soviting. Yong‘oq, kinza, sarimsoqpiyoz va bosh piyozni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing (blenderdan foydalanish ham mumkin). Hosil bo‘lgan aralashmaga tuz, ziravor, sirka qo‘shing. Karamni ham go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing, agar suvi chiqadigan bo‘lsa, siriqtirib olib tashlang. Yong‘oqli aralashmaga karamli aralashmani qo‘shib, ustini anor donachalari bilan bezatib, bir necha soatga muzlatkichga solib qo‘ying. Pxali — juda mazali sovuq gazak hisoblanadi. Uni nonga surtib yeyish mumkin (gruzin lavashi bo‘lgani ma’qul) yoki alohida taom sifatida ham dasturxonga tortish mumkin.
“Koul Slou” salati 
Amerikaliklarning sevimli salati bo‘lmish Cole slaw oddiy va juda tez tayyorlanadi. Uni tayyorlashda karamdan tashqari yangi uzilgan sabzavotlar (sabzi, selderey) va olma ham ishlatiladi. Bu salat juda foydali bo‘lib, unga uy sharoitida tayyorlangan mayonezdan tashqari tabiiy yogurt yoki yog‘siz smetana qo‘shish mumkin. Salatni tayyorlash uchun 10 daqiqa vaqt ketadi. Kerakli masalliqlar:
  • Karam ¼
  • 1 dona olma
  • 2 bog‘ selderey
  • 1 dona sabzi
  • 3 osh qoshiq mayonez
  • limon ½ dona
  • tuz, shakar ta’bga ko‘ra 
Barcha sabzavotlarni oqar suvda yaxshilab yuving. Seldereyning ustki po‘stlog‘ini archib, barglarini olib qo‘ying. Keyin uning tanasini somoncha shaklida, barglarini esa maydalab to‘g‘rang. Sabzini ham somoncha shaklida to‘g‘rab oling yoki qirg‘ichdan o‘tkazing. Karamni ham mayda to‘g‘rang. Olmani po‘stlog‘i va o‘zagidan tozalab, qirg‘ichdan chiqaring yoki somoncha shaklida to‘g‘rashingiz mumkin. Barcha to‘g‘ralgan masalliqni idishga solib, yarimta limon sharbati, ta’bga ko‘ra tuz, shakar, mayonez solib, yaxshilab aralashtiring. “Koul Slou” salati tayyor! Yoqimli ishtaha!     
Karamli kotletlar
Agar karamni blenderda yaxshilab maydalab olsangiz, judayam mazali karamli kotletlar tayyorlashingiz mumkin. Sabzavotli massani shaklga keltirish uchun ozgina un yoki manniy yormasidan foydalanish mumkin. Uni tayyorlash uchun 25 daqiqa vaqt ketadi.
Kerakli masalliqlar:
  • Karam ½
  • 2 dona tuxum
  • 2,5 osh qoshiq un
  • 1 bog‘ petrushka
  • tuz, qalampir ta’bga ko‘ra
Karamni blenderda maydalab oling, agar blender bo‘lmasa, mayda qilib to‘g‘rash ham mumkin. Unga mayda to‘g‘ralgan petrushka soling. Alohida idishga tuxum chaqing, un, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir qo‘shing. Bu aralashmani maydalangan karamga yaxshilab aralashtiring. Qizdirilgan tovaga bir osh qoshiqdan (yoki qo‘lingizni ho‘llab, dumaloq shaklga keltirishingiz ham mumkin) karamli massani solib, qovurib oling. Karamli kotletlarni smetana bilan birga, ustiga ko‘kat sepgan holda iste’mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha! 
Qiyma qo‘shib dimlangan karam
Tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib va mazali taom. 30 daqida tayyorlanadi.
Kerakli masalliqlar:
  • 250 gramm karam
  • 300 gramm qiyma
  • 100 gramm tomat
  • 80 gramm sabzi
  • 50 gramm piyoz
  • bir bog‘ petrushka
  • tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra
Tovani baland olovga qo‘yib 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i soling. Yog‘ qizigandan keyin xalqacha shaklida to‘g‘ralgan piyozni 3 daqiqa davomida qovuring. Keyin somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzini, qiymani, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlarni qo‘shib, qovurishda davom eting. 7 daqiqadan keyin to‘g‘ralgan karam, tomat soling. Agarda karamning sharbati kam bo‘lsa, yarim stakan suv qo‘shishingiz mumkin. Hammasini yaxshilab qovurib olgach, tovaning qopqog‘ini yopib, past olovda 15 daqiqa dimlang. Tayyor bo‘lgan taomning ustiga ko‘katlar sepib, dasturxonga tortishingiz mumkin. Qiyma solib dimlangan karam tayyor! Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6219 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.03.2016 | Комментарии (0)

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz