Главная » Pazandalik Sirlari
Zarur masalliqlar (6-8 kishilik): 5-6 dona qaynatilgan tuxum, 100-150 gr. quritilgan qo‘ziqorin, 1 bosh piyoz, 50 gr. sariyog‘, mayonez, tuz, murch, bezak uchun ko‘k piyoz.
Tayyorlanishi: 1. Quritilgan qo‘ziqorinlarni idishga solib, ustidan 1 stakan qaynagan suv soling va 15-20 daqiqaga qoldiring. So‘ng suvini silqib, mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rang.
2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, sariyog‘ solingan tovada 10 daqiqa qovuring. So‘ng to‘g‘ralgan qo‘ziqorinni solib, yana 10 daqiqa o‘rta olovda qovurishni davom ettiring.
3. Qaynatilgan tuxumni ikkiga ajratib, sarig‘ini alohida oling. Qovurilgan masalliqlarga tuxum sarig‘i, mayonez, tuz va murchni qo‘shib, sanchqi yordamida ezib, aralashtiring. Ikkiga ajratilgan tuxum bo‘laklarini 1 osh qoshiq aralashma bilan to‘ldirib, likopchaga tering va ustini ko‘k piyoz bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 567 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 21.10.2016

Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o‘simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin Ye ayollar organizmi uchun g‘oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz.
 
Grechixadagi uglevodlar sekin so‘rilishi hisobiga to‘qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste’mol qilishlari mumkin.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste’mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi.
Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo‘tqa tayyorlang. Bu yegulik yurak va jigarga foydali bo‘lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi.
Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So‘ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut bilan qabul qiling. Tarkibidagi temir moddasi qonda gemoglobin miqdorining ko‘tarilishiga yordam beradi.
Bavosil yoki vena qon tomirlarining varikoz kengayishi kuzatilganida ham grechixadan taom va yegulik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Buning uchun grechixani tuzsiz suvda qaynatib, so‘ng bir osh qoshiq sariyog‘ bilan dimlab pishirsangiz kifoya. Tarkibidagi rutin moddasi qon tomirlari devorini mustahkamlaydi.
Ateroskleroz bilan xastalanganlar grechixa unidan kisel ichishlari mumkin. Kiselni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq grechixa unini 100 ml suv bilan aralashtirib, olovga qo‘yasiz. Qaynab chiqqach 2-3 daqiqa olovda ushlab turib, so‘ng tindiring. Damlama bir kunda ikki mahal ovqatdan oldin qabul qilinadi.
1 osh qoshiq grechixa qizdirilgan quruq tovada qizartirib, so‘ng blenderda maydalanadi.  Talqon xoliga kelgach, ozroq suv bilan aralashtirib, zuvala hosil qilinadi. Zuvalani frunkulyoz yaralariga qo‘yilsa, yallig‘lanishni oladi.
Halq tabobatida grechixaning qipig‘i ham keng foydalaniladi. Grechixa qipig‘i solingan yostiqchalar bo‘yin osteoxondrozi bilan og‘rigan bemorlar hamda uyqusizlikdan aziyat chekkanlar uchun tavsiya etiladi. Bunda qipiqli yostiqcha ortopedik ta’sir ko‘rsatadi va og‘riqlarni yengillashtiradi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 439 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 21.10.2016







Bolajonlarimiz uchun oddiy, chiroyli, eng asosiysi foydali bo’lgan shirinlik hisoblanadi.

Kerakli masalliqlar:

-limon sharbati
-olmalar
-o‘rik jemi
-qatlama xamir
-suv
-dolchin
-qand upasi.
Tayyorlanishi:

1.Yarim limonning sharbati siqib chiqariladi, teng yarmiga suv quyiladi.
2.Olmalar kesiladi.
3.Olmalar limon sharbati va suv bilan aralashtiriladi va mikroto‘lqinli pechda 3 daqiqa davomida qizdiriladi.
4.Olmalar chovliga solinib, suvi selgitiladi.
5.Alohida idishda 3 osh qoshiq o‘rik jeymi va 2 osh qoshiq suv aralashtirilib, mikroto‘lqinli pechda 1 daqiqa davomida isitiladi.
6.Xamir yoyiladi, tasmalar kesiladi, jeym surkaladi, olmalar joylashtiriladi, dolchin sepish ham mumkin. So‘ngra o‘rab chiqiladi.
7.Qolipga terib chiqilib, pishirishga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1953 | Добавил: AdminoFF | Дата: 27.08.2016





Masalliqlar:
Saryog’ – 400g
Un – 2 stakan
Shakar – 0,5 stakan
Quyuqlantirilgan sut – 2 banka
Sutli shokolad – 300g

Tayyorlash:

1. Saryog’ni kubik shaklda kesamiz (3 ta kubikni karamel uchun olib qo’yamiz), un, shakar, yarim choy qoshiq tuz solib hammasini blendr yordamida aralashtiramiz.
2. Hosil bo’lgan qorishmani qolipga solib, yaxshilab to’ldirib, ustini tekkislaymiz. 180 daraja issiqlikdagi pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.
3. Tovada karamel tayyorlaymiz. Buning uchun 3 kubik saryog’ga ikki banka quyuqlashtirilgan sutni qo’shamiz. Karamel holiga kelguncha aralashtirib turamiz.
4. 20 daqiqada karamelimiz quyuq holga kelib tayyor bo’ladi.
5. Qolipda tayyor bo’lgan va sovitilgan pishirig’imiz ustiga karamelni quyib, ustini tekkislab chiqamiz.
6. Shokoladni mikro to’lqinli pechda yoki issiq suvli idishda eritib olamiz. Bu eritmani karamel ustiga quyib, uni tekislab, muzlatkichga shokolad qotgunicha qo’yamiz.
7. Muzlatkichdan olamiz…kesamiz…va lazzatlanamiz!


1


2


3


4

5

6

7

8

9
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1179 | Добавил: AdminoFF | Дата: 30.07.2016






Yetilib pishgan, sersuv va yoqimli hidli noklardan tayyorlanganda ayniqsa yaxshi chiqadi va bitta choy ichishni o’zida yeyilib ketadi ). Endi bu pirog ko’p tayyorlaydigan pishiriqlarim ro’yxatimga kirdi. Bir hil payt, yozda nok ko’payib ketganda uni foydali joyga ishlatish kerak, shuning uchun men bir necha qavatdan iborat yoki butun tunka tovaga sig’adigan pirog tayyorlayman. Bu pirogni 2 yoshli qizim ham yaxshi ko’rib qoldi va uni qilishga menga yordam beryapti
20 SANTIMETRLI HAJM UCHUN
HAMIRIGA:
Margarin/Saryo’g’ — 100 g
Un — 150 g,
Smetana — 2 osh qoshiq,
Razrixlitel — 0.5 choy qoshiq,
Limon tsedrasi 1 ta
********************************************************
KREMIGA:
Tuxum — 1 ta
Shakar — 150 g
Smetana — 150 g
Un — 3 osh qoshiq
********************************************************
ICHIGA SOLINADIGAN MASALLIQLAR:
Nok — 1 kg (yaxshisi yumshoq va sersuvlari)
Limon — 1 ta
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1078 | Добавил: AdminoFF | Дата: 30.07.2016




Masalliqlar:

4 osh qoshiq Smetana, 4 choy qoshiq mayonez, 2 dona tuxum

9 osh qoshiq un, sir

Tayyorlash:

Tayyorlangan hamir suyuq holda bo’lib, uni yog’ surtulgan tovaga quyiladi. Ustidan esa xohlagan mahsulot bilan to’ldirish mumkin (pomidor, kolbasa, sho’r bodring, zaytun).
Ustiga mayonez quyulib, so’ng sir bilan qoplanadi. Sirni qalin qilib solgan ma’qul.
Tovani plitaga bir necha daqiqaga qo’yamiz, bunda olov baland bo’lmagani ma’qul.
Tovani ustini sir erishni boshlashi bilan yopib qo’yamiz, pitsa tayyor.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1991 | Добавил: AdminoFF | Дата: 30.07.2016




 

Tarkibi:
4 chashka muzlatilgan qulupnay
3 osh qoshiq asal
½ chashka tabiiy yogurt
1 choy qoshiq limon sharbati

Tayyorlanishi:
Blendr idishiga muzlatilgan qulupnay, asal, yogurt va limon sharbatini solamiz. 5 daqiqa aralashtiramiz.

photo_2016-06-06_14-07-47

photo_2016-06-06_14-07-55
Bu muzqaymoqni germetik konteyner muzxonada 1 oygacha saqlasa bo’ladi.

photo_2016-06-06_14-07-42

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 705 | Добавил: AdminoFF | Дата: 30.07.2016





Zarur masalliqlar: 400–500 gr. un, 200 gr. margarin, 2 dona tuxum, 0,5 st.dan shakar va mayonez, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich. Ichiga solishga: 300 gr. muzlatilgan qulupnay, 200 gr. quruq tvorog, yarim st. shakar. Bezak uchun: qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Qirg’ichdan chiqarilgan margarinni 2 stakan un bilan uvalang. Shakarni qo’shing. 1 stakani miqdoridagi aralashmani olib qo’ying. So’ng tuxum, mayonez, xamiryumshatgich va un bilan xamir tayyorlang.

2. Alohida idishda tvorogni qulupnay va shakar bilan aralashtiring.

3. Xamirni gaz pechi patnisiga yoyib, qulupnayli massani soling. Ustidan un va shakar aralashmasini seping. Shirinlik qizdirilgan gaz pechida 170 daraja haroratda 35 daqiqa davomida pishiriladi.

4. Tayyor bo’lgach, biroz sovutib, so’ng qand upasi bilan bezating. Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1306 | Добавил: AdminoFF | Дата: 30.07.2016





 

MASALLIQLAR:

250 gr margarin yoki saryog’

3,5 st/piyola un

1 st smetana

0,5 choy qoshiq soda+ozgina uksus

3 ta tuxum

NACHINKA:

0,5 kg qiyma

1 ta katta piyoz

tuz,muruch

TAYYORLASH:

1. Margarin yoki saryog’ni qirg’ichdan chiqarib 2 stakan/ piyola un bilan uqalanadi. Sodaga ozgina uksus qo’shib smetana bilan aralashtirilib un va margaringa qo’shiladi . 2ta tuxum oqi va 1 ta tuxum (oqi+sarig’i), unning qolgan 1,5 stakani solinib hamir qoriladi va ustini yopib tindiriladi. Tingan hamirni 4 bo’lakga bo’linadi.

TURKCHA SOMSATURKCHA SOMSA

 2. Qiymaga piyozni mayda qilib to’g’rab tuz, muruch qo’shiladi.

TURKCHA SOMSA

3. Tingan hamir bo’laklarini bitta bittadan  0,5 cm qalinlikda yoyib, tasma(lenta) qilib kesiladi.

TURKCHA SOMSA TURKCHA SOMSA

4. Qiymani ozginasini olib hamir tasmasi bilan o’raladi va chetlari yopiladi.

TURKCHA SOMSA TURKCHA SOMSA

5. Yog’langan listga somsalar qo’yilib, 2 ta tuxumning sarig’i surtilib sedana sepiladi. Qizigan duxovkada o’rta olovda (350F/170C) 30-35 daqiqa pishiriladi.

TURKCHA SOMSA TURKCHA SOMSA

TURKCHA SOMSA TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA.

 

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2121 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016




 

MASALLIQLAR:

500 gr saryog’ yoki margarin(hona haroratida yumshagan)

1 st so’vuq suv

3st un

2 choy qoshiq razrexlitel

2 osh qoshiq shakar

chimdim tuz

TAYYORLASH:

1. Idishga 50 gr saryog’ yoki margarin va qolgan barcha masalliqlar ketma-ket solinib qo’lga yopishmaydiga hamir qoriladi va 20 daqiqa muzlatgichda tindiriladi.

2. Tingan hamir to’rtburchak shaklda 1 cm qalinlikda yoyiladi. Hamir ustiga hona haroratida erigan 450 gr saryog’ yoki margarin surtiladi. Hamirning ikki tarafini markazga qaratib yopiladi va uzunasiga ham 2 marotaba buklanadi. (jami 4 marotaba) Hamir 30 daqiqa muzlargichda  tindiriladi. Tingan hamir yana bir bor yoyilib 4 marotaba buklanadi va  bu safar 2 soatga muzlatgichda tindiriladi.

IMG_2655 copy  IMG_2657 copy

3. Tingan hamir 2 bo’lakga bo’linadi. Hamirning 1-bo’lagi 0,5 cm qalinlikda yoyiladi. O’rtacha kattalikdagi 20ta to’rtburchak bo’laklar kesiladi.

4. Har bir bo’lak markaziga ta’bga ko’ra nachinka solinadi va hamir bo’lakchalari uchburchak shaklda yopiladi.  Yog’langan listga pishiriqlar  terilib ustiga tuxum surtiladi. Qizigan duxovka 350F/180C da 25-30 daqiqa pishiriladi. 2-hamir bo’lagi ham huddi shu tariga pishiriladi.

IMG_2667 copy IMG_2668 copy

Bu pishiriq uchun: cream cheese, shokolad, jem, tvorog ,shirin kartoshka/ kartoshka puyre, qiymali nachinka, yoki o’zingiz istagan nachinkadan foydalanishingiz mumkin.

QATLAMA HAMIRDAN AJOYIB PISHIRIQ TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA.

Albatta tayyorlab ko’ring! Ta’mi o’zgacha ma’zali.

IMG_2669 copy

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1633 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016





 

MASALLIQLAR:

1 ta tuxum

2,5 choy qoshiq razrexlitel

0,5 choy qoshiq tuz

100 gr saryog’ (hona haroratida/yumshoq)

3 ta banan ( juda yumshoq)

10 osh qoshiq+ 2 choy qoshiq shakar

1,5 st un

TAYYORLASH:

Duxovka 350F/ 180 C da qizitiladi. Kekschalar uchun qolip yog’lanadi yoki qog’ozchalar qo’yib oldindan tayyorlanadi.

1.  Idishga un, tuz, razrexlitel solinib aralashtiriladi.

2. Boshqa bir idishda bananlar pyure qilinadi va tuxum, shakar, saryog’  solinib ozgina ko’pirtiriladi.

3.  Bananli massani unli massaga solinib aralshtiriladi ( quruq massa nam bo’lguncha)

4. Tayyor quyuq massani kekschalar qolipiga taxminam 4 osh qoshiq yoki keks qolipi 1,-2 cm to’lar-to’lmas quyiladi.

5. Qizigan duxovkada o’rta olovda 25-30 daqiqa yoki ichi pishib chiroyli qizgish rang bo’lguncha pishiriladi.

BANANLI KEKSCHALAR TAYYOR.  YOQIMLI ISHTAHA.

QO’SHIMCHA: keks qoliplarga solingandan so’ng, ustidan shakarli ushoq sepilgan (albatta bu ihtiyoriy).

Shakarli ushoqni tayyorlash uchun: 30 gr saryog’, 2 osh qoshiq un, 5 osh qoshiq jigarang shakar, chimdim dolchin. Hamma masalliqlar aralshtiriladi va kekschalar pishishidan oldin sepiladi.

 

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 723 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016




 

MASALLIQLAR:

Turkcha pahlava uchun 20 varaq/ba’lak hamir 

1 stakan shakar

0,5 st suv

0,5 choy qoshiq limon suvi

0,5 st hondon pista

0,5 st yong’oq

0,5 st cashew yong’og’i

0,5 st shakar pudrasi (saharnaya pudra)

250 gr saryog’

TAYYORLASH:

Hamirlarni pahlava tayyorlaydigan qolip shaklida kesiladi. Retseptda to’rtburchak 23×23 cm qolipdan foydalanilgan.

  1. Gaz duxovkasi 300 F /150 C da qizitiladi.
  2. Nachinka tayyorlanadi: barcha yong’oqlarni qog’oz qo’yilgan listga yoyib 10 daqiqa davomida duxovkada qizitiladi va duxovkadan olinib blender yordamida maydalanadi. Maydalangan yong’oqlarga 0,5 st saharnaya pudra qo’shib aralshtiriladi.
  3. Saryog’ o’rta olovda jigarrang ko’rinishga kelguncha qaynatiladi. 
  4. Pishiriq qolipiga pishiriq shchetkasi yordamida saryog’ surtiladi.
  5. saryog’ surtilgan qolipga 1ta hamir varaqi qo’yiladi va saryog’ surtiladi.
  6. Shu tariqa 5 ta hamir balagi, ketma -ket saryog’ surtilgan holda  teriladi.
  7. 5-saryog’ surtilgan hamir bo’lagi ustidan 0,5 st maydalangan yong’oqlar sepiladi va yana hamir bo’lagi qo’yilib davom etiladi. ( shunda: 5 tadan 4 qavat hamir va 0,5 stakankandan 3 qavat maydalangan yong’oq qavati hosil bo’ladi) image
  8. Tayyor pahlava kesilib ustidan 3 osh qoshiq saryog’ quyiladi va qizigan duxovkada 1 soat pishiriladi.image
  9. Pahlava pishguncha sirop tayyorlanadi. SIROP TAYYORLASH UCHUN: 1st shakarga 0,5 st suv solinib o’rta olovda 10 daqiqa qaynatiladi va gazdan olinib 0,5 choy qoshiq limon suvi qo’shiladi.
  10. Pahlava pishgach sirop quyiladi va bezak uchun alohida maydalangan hondon pista sepiladi.

TURKCHA BAKLAVA/ PAHLAVA TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1222 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016




2 o’rtacha kattalikdagi pirog uchun
MASALLIQLAR:
250 gr margarin
0,5 st muzdek suv
1osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
2,5 st un
4 ta shirin kartoshka
TAYYORLASH:
1. Shirin kartoshkalarni suvda 30-35 daqiqa qaynatilib pishirib olinadi. Pishganidan so’ng po’stlari archilib pyure tayyorlaniladi. (Tuz va ziravorlar solish shart emas)
2. 250 gr margarin qirg’ichdan chiqarilib 1st un bilan uqalanadi, muzdek suv, shakar, tuz solinib unning qolgan qismi (1,5st) oz-ozdan solinib qo’lga yopishmaydigan hamir qoriladi. 3. Hamir 30 daqiqa tindiriladi. Hamir tindandan so’ng 2 bo’lakga bo’linadi va birinchi bo’ladi pirog idishning kattaligi ko’ra yoyiladi va pirog idishga yoyiladi. Hamir chetlari jimjima qilinadi va kartoshka pyurening yarmini hamir ustiga yoyiladi.
4. Hamir bo’lakchalari tasma qilinib kesilib, kartoshka pyure ustidan bezatilinadi va tuxum surtiladi. Hamirning 2-bo’lagi ham huddi shu tariqa pishirilib olinadi. 35-40 daqiqa yoki hamir qizg’ish rang olguncha o’rta olovda pishiriladi.

SHIRIN KARTOSHKALI PIROG TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1021 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016



 

Grechkali kekschalar.
Barchamiz shirin kekschalar pishirishga o’rganib qolganmiz lekin bugun Taomnoma.uz sizga grechkali kekschalarni tavsiya qiladi. Juda oson va oz vaqtda tayyorlanadigan bu kekschalar albatta foydali va mazali. O’zingiz tayyorlab ko’ring va mazasiga baho bering.


MASALLIQLAR:
1 kosa pishirilgan grechka
3-4 ta tuxum
Tuz (ta’bga ko’ra)

TAYYORLASH:
Pishgan grechka va tuxumlar , tuz (ta’bga ko’ra) aralashtiriladi. Keks qolipiga qog’ozchalar qo’yilib, 2 osh qoshiqdan grechkali massa quyiladi. Qizigan duxovkada 15-20 daqiqa pishiriladi.
Grechkali kekschalar tayyor YOQIMLI ISHTAHA.

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 464 | Добавил: AdminoFF | Дата: 13.06.2016




Bulg’or qalampirli kichkina pizza retsepti – pizza tayyorlashning asrlar davomida mashhur usuli.

Hozirgi kunda pizza butun dunyoda, Alyaskadan tortib Avstraliya qirg’oqlarigacha, mashhurdir. Ta’miga qarab uni biz qalin, o’rtacha va yupqa xamirlarda tayyorlashimiz mumkin.

Ingrediyentlar

Xamir: 400g un 200ml iliq suv 25g xamirturush 2choy qoshiq zaytun yog'i tuz, idish uchun yog'  Ustiga: 4 dona pomidor 1 dona yashil bolg'or qalampiri 1 dona sariq bolg'or qalampiri 1 dona qizil bolg'or qalampiri 120g qora zaytun 2 sarimsoq boshi 1 choyqoshiq oregan 2 choyqoshiq qirg'ichdan o'tkazilgan pekkorino pishlog'i 1 choyqoshiq zaytun yog'i tuz

tayorlov

  • Taxtaga unni seping. Unning o’rtasidan teshik yasab ichiga xamirturush seping, keyin yog’ va ozgina tuz qo’shing. Ustidan suv quyib uni qo’lingiz bilan silliqlanishigacha qoring. Keyin xamirni un sepilgan idish ichiga solib, iliq joyga 30 daqiqaga tindirib qo’ying.
  • Bulg’or qalampirlarini yuvib va urug’larini olib tashlab, yupqa qilib kesib chiqing. Keyin 1 qoshiq zaytun yog’ida kesilgan sarimsoq bilan aralashtirib uni 15 daqiqa past olovda qovuring. Pomidorni po’stini artib, urug’larini ajratib tashlab kesib chiqasiz. Zaytunlarni xam kesib chiqasiz va ularni pomidor va bulg’or qalampirlari bilan qo’shib aralashtirasiz.
  • Xamirni 4 ga teng bo’ling. Xamirlarni bitta-bittadan olib qo’llaringiz bilan ularni yumaloq shaklga keltiring. Keyin uni yog’langan alyumin folga ustiga qo’ying.
  • Xar bir xamirning ustiga tayyor masalliqlarni joylashtiring. Qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq, oregano va ozgina zaytun yog’ini sepib chiqing. 15-20 daqiqa Selsiy bo’yicha 200 gradus darajadagi duxovkada pishiring.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 444 | Добавил: AdminoFF | Дата: 29.05.2016




Tayyor taom va mahsulotlar sabzavotlar, muzlatilgan no’xatlar va pomidor bo’laklarini qo’shish orqali yanada mazali qilinishi mumkin. Agarda muzlatilgan baliq bo’laklarini taqdim etayotgan bo’lsangiz ularni muzlatilgan no’xat yoki makka jo’xori bilan birga taqdim eting.
 
Quyida tayyor taomlarni bezash bo’yicha g’oyalar:
 
Pitsa ustiga konservalangan pomidorni elakda o’tkazilganini (eng yaxshisi agarda u giyohlar, ziravorlar qo’shilgan va sarimsoqli bo’lsa) va muzlatilgan sabzavotlar masalan maydalangan ismaloq, brokkoli, no’xat va makkajo’xorilarni qo’yishingiz mumkin. Ularni ustiga non uvoqlari yoki pishloq seping.
Muzlatilgan lazanya ustiga pomidor yoki yosh qovoq bo’laklarini qo’yishingiz mumkin. Ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan parmesan seping va taomni pishiring. Taomni salatlar bilan taqdim eting.
Tayyor Meksika taomi joyida tayyorlangan bir zumlik salsa bilan taqdim etilishi mumkin. Pomidor, bodring, piyoz va biroz seldrni to’rtburchak shaklida to’g’rang. Ularni aralashtirib biroz tuz va murch qo’shing. Yangi uzilgan achchiq qalampirni to’rtburchak shaklida to’g’rang va maydalangan yangi kashnichni qo’shing.
Muzlatilgan pirog ustiga bir qator sabzavotlar terib isiguncha va sabzavotlar yumshaguncha pishirgani yaxshi. Qo’ziqorinni, pomidorni, kichik qovoqni yupqa, turli rangdagi bulg’or qalampiri somoncha shaklida to’g’rashni tavsiya etamiz.
Tortilla yoki blinchikni  ichini muzlatilgan maydalangan ismaloq bilan to’ldirishingiz mumkin; siz uni eritishingiz shart emas, siz kam yog’li pishloq va maydalangan ko’k piyoz bilan ismaloqdan foydalanishingiz mumkin. Uni olovga chidamli idishga soling, 1-2 konserva maydalangan ko’kat qo’shilgan pomidor qo’shing, ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq sepib uni pishiring.
Hind taomlariga kelsak, siz raitaga o’xshash salat tayyorlashingiz mumkin. Siz to’rtburchak shaklida to’g’ralgan bodringni maydalangan yashil piyoz, qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi va maydalangan kress-salat barglari yoki kashnichni kam yog’li tabiiy yogurt bilan aralashtiring. Maydalangan yangi yalpiz va ozgina qalampir kukunini seping.
Xitoy taomlaridan oddiy sharqona salatni tavsiya etamiz. Loviya nihollarini maydalangan yashil piyoz, konservalangan bambuk nihollari va kesilgan suv yong’ogi bilan aralashtiring. Ushbu salatni Xitoy karam barglari ustiga qo’yib ustiga kunjut yog’i va soya sousi sepib taqdim eting
dietetika, ovqatlanish, Pishirish, Qiziqarli ma'lumotlar, reseptla
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 957 | Добавил: AdminoFF | Дата: 29.05.2016




Grilda pishirish

Biz grilda pishirish foydali emasligini ko’plab eshitamiz. Biroq, to’g’ri qoidalarga amal qilinganda, ushbu turdagi taomning ko’plab foydali tomonlari mavjud. Grilda pishirishning yaxshi tarafi qo’shimcha yog’ qo’shish talab etmasligi. Sabzavot va go’shtlarni grilda pishish vaqti juda qisqa bo’lib qimmatli mineral va vitaminlar yo’qotilishini oldini oladi. Yana grilda pishirishdan avval mahsulotlaringizni marinadlaganingiz ma’qul. Grilda pishirish quyidagi maslahatlar yordamida xavfsizdir. Panjarani yaxshilab tozalash juda muhimdir. Yongan yog’lar va avvalgi mahsulotlar qoldig’i zaharli moddalar manbaidir. Grilda nimani va qanday yoqish ham juda muhimdir. Olov barcha yerda barovar bo’lishi lozim. Siz yana maxsus yog’ochlardan tayyorlangan ko’mirdan foydalanishingiz kerak.

Qizartirib pishirish

Qizartirish duxovqada qizdirishdan boshqa narsa emas. U odatda 160-250°C haroratda amalga oshiriladi. Kerakli haroratni tanlash masalliqqa bog’liq bo’lib tayyor mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillardan biridir. Yaxshi qizartirish taom turiga ko’ra bir necha daqiqadan tortib 3-4 soatgacha davom etadi. Baland olov mahsulotdagi kraxmal va oqsillarni yaxshi hazm bo’lishiga olib keladi. Taomning ustki qismida (yuqori harorat ta’siri ostidagi) noyob ta’m va hid birlashmasi paydo bo’ladi. Ushbu moddalarni ko’p miqdordagi iste’moli saraton va ko’plab kasalliklarga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda qizartirib pishirish davomida kuydirib yubormaslikka e’tibor berishimiz kerak.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 455 | Добавил: AdminoFF | Дата: 29.05.2016

Zarur masalliqlar: xamiriga: 4 stakan un, 1,5 stakan shakar, yarim stakandan o’simlik yog’i va apelsin sharbati, 150 gr. sariyog’, 3 dona tuxum, 3 choy qoshiq xamiryumshtagich, yarim choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq vanilin; ichiga solishga: malina murabbosi, maydalangan yong’oq mag’zi va mayiz, dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Shakar, un, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring.

2. O’simlik yog’iga apelsin sharbati, vanilin va tuxumni soling. Unli aralashmaga qo’shib, xamir tayyorlang. Zuvalani tsellofanga o’rab, yarim soatga muzlatkichga qo’ying.

3. Xamirni to’rt bo’lakka bo’ling. Іar bir bo’lakni qo’lingiz bilan to’rtburchak shaklda yoyib, yumshatilgan sariyog’ surting. So’ngra malina murabbosini. Mayiz va maydalangan yong’oq mag’zini ham solib, rulet shaklida o’rang. Keyin bo’laklarga bo’lib, yog’langan gaz patnisiga joylang.

4. Shirinliklar yuziga dolchin va shakar sepib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqa qo’ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.

6 kishilik.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 507 | Добавил: AdminoFF | Дата: 19.05.2016

Nonushta — eng muhim ovqat qabul qilish mahalidir. Odamning kun bo‘yi qanday ahvolda bo‘lishi aynan unga bog‘liq. Tan oling, nonushtani hammamiz qilavermaymiz, ba’zilar esa ertalabdan tanovul qiladigan narsa so‘li yormasidan tayyorlangan bo‘tqadan ancha uzoq.

Biz och qoringa iste’mol qiladigan ba’zi mahsulotlar salomatligimizga salbiy ta’sir qiladi. Maqolada keltirib o‘tiladigan ro‘yxat yordamida och qoringa yeyish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni bilib olishingiz mumkin. O‘z salomatligingiz haqida qayg‘uring!

Och qoringa nimalarni yeyish mumkin emas?

Sitrus mevalar

Filmlarda qahramonlar o‘z kunini bir stakan apelsin sharbati bilan boshlaydi. Ammo real hayotda bunday qilish hech ham mumkin emas. Sitrus mevalarning o‘zi va ularning sharbati och qoringa tanovul qilinganida gastrit yoki allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Banan

Banan ekzotik meva deb hisoblanmay qo‘yilganiga ancha bo‘lgan, u kundalik ratsionimizning ajralmas qismiga aylangan. Afsuski, u organizmimizga faqat foyda keltirib qolmaydi.

Banan sekin hazm bo‘ladi. Agar uni ovqatdan oldin iste’mol qilsak, bu qorin dam bo‘lishiga olib keladi va yoqimsiz hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli banan yegandan so‘ng suv yoki sharbat ichish kerak emas. Shifokorlar ushbu mevani tushlikdan bir soat o‘tib, yeyishni maslahat beradi.

Xom sabzavotlar

Yangi uzilgan sabzavotlardagi kislotalar oshqozon shilliq qavatini qichishtirishi mumkin. Shu tufayli, ularni och qoringa iste’mol qilish, xususan, ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun, zararlidir.

Yogurt

Och qoringa yeyilgan yogurt sitrus mevalar kabi kuchli zarar keltirmasa-da, foyda ham keltirmaydi. Organizm ertalab qo‘shimcha bakteriyalarga ehtiyoj sezmaydi. Yogurtni ovqatdan ikki soat o‘tib yoki uyqu oldidan yegan ma’qul. Faqat ushbu holatlardagina u hazm qilish jarayoniga yordam beradi.

Sovuq suv

Suv — hayot manbai va ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun suvni yetarlicha ko‘p ichish kerak. Biroq bu xona haroratidagi yoki biroz iliq suv haqida aytilgan fikrdir.

Sovuq suv esa, aksincha, hazm qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu tufayli uni ovqat ustidan ichish kerak emas. Ertalab ichilgan sovuq suv hech qanday foyda keltirmaydi, ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtirgani qoladi, xolos.

Shirinlik

Oshqozon osti bezi ertalabdan yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarishga qodir emas, shuning uchun unga shirinliklarni “yuklash” kerak emas — bu o‘z salomatligingizga nisbatan qilingan haqiqiy jinoyatdir.

Agar siz och qoringa tez-tez shirinlik yeb tursangiz, qoningizdagi qand miqdori me’yoridan oshib ketadi. Kelajakda esa bu salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni, masalan, qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin.

Qahva

Tonggi xushbo‘y qahva ko‘pchilikning sevimli ichimligi. Uni har birimiz ertalab och qoringa ichib ko‘rganmiz. Qahva oshqozon shilliq qavatini qo‘zg‘atadi, bu esa gastrit sababiga aylanishi mumkin. Ushbu ichimlikni nonushtadan oldin tanovul qilish jigarga salbiy ta’sir o‘tkazadi: organizm hali yaxshilab uyg‘onib ulgurmasidan, bu organ tozalash bo‘yicha jiddiy ishni bajarishi kerak bo‘ladi.

Ertalabdan to‘g‘ri ovqatlanish yaxshi kayfiyat va mustahkam sog‘liqning 90 foizi demakdir. Shunday ekan, och qoringa yeyish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati doim yoningizda yoki yodingizda bo‘lsin.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 1606 | Добавил: AdminoFF | Дата: 07.05.2016

MASALLIQLAR

  • sabzi - 3 dona
  • piyoz - 2 dona
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • ziravor - 1 choy qoshiq
  • TAYYORLASH USULI

    Semiz bedanalarni so'yib issiq suvda 1 pishirib olsangiz patlari yaxshi yulinadi.
    Ichini tozalab qalampir tuz sepib qo'ying.
    Kastrulkaga suv qo'yib qaynab chiqay deganda bedanalarni soling ketidan mayda tog'ralgan piyoz butun sabzi, ziravorlar va kartoshka solib 40 daqiqa miltiratib qaynating. 
    Pishishiga yaqin sho'rvaga mayda tog'ralgan ko'katlar qo'shib yuboring.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 396 | Добавил: AdminoFF | Дата: 07.05.2016

1 2 3 4 »