Tushda farishtani ko'rish - tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o'zingizni farishta qiyofasida ko'rsangiz, bilingki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muxtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo'lsa, bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og'ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko'rinsa, bunday tush sizning hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan Tayvan deb ataluvchi ("Tayvan" - "farishtalar shaxri" degan ma'noni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog'lanishidan dalolat beradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4039 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ma'lumki, armiya qudrat, muqarrarlik timsoli. Tushda o'zini armiyada xizmat qilayotganini ko'rish - ungda ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o'tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo'l va talabchan kishining ta'siriga tushib qolishishiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyami tushda ko'rish bosqinchilikni, asoratga solishi ayon etadi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chaqirilayotpsh bo'lsangiz - bu sizning uzoqda chuziladigan nizo qatnashchisi bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Dushmanlar armiyasi bilan jang qilish - mas'ul qarorga kalit alomatidir. Tushda mag'lub bo'lgan dushman armiyasini ko'rish – ungda o'zingiz ko'zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun boshli armiyaga qumondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa - bu, demak, atrofingizdagilarga o'zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko'rsatib qo'yish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qo'mondonlik qilsa, ungda e'tiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4209 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yo'qsaklikka chuzilgan, uchi chuqqili minorani tushda ko'rish -tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan extiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, o'zining kuchiga ortiqcha baxr berib, raqibining kuchiga yetarli baxr bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan maxrum bo'lishini bildiradi. Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish - juda muxim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnata bilan uchrashuvdan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir. Emirilib borayotgan minorani tushda ko'rish siyosiy va boshqa yunalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishgol qilingan minorani tushda ko'rish katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida ko'rash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo'rqitishga, so'zsiz buysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2519 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda aqlsiz odamni ko'rish - bunday tush boshqalarga xavf soladigan xatarni ularga nisbatan ancha oldin xabardor bo'lishingizdan dalolat beradi, binobarin, boshqa kishilarning taqdiri sizning harakatingizga bog'liq bo'ladi. Jinnini davolash - ungda baxtsizlik qurbonlaridan biri bo'lishdan dalolat. Agar tushingizda olomon tentakni mazax qilib turganini ko'rsangiz, bu sizning extiyotkorligingiz va ma'lumotlaringiz e'tiborga olinmasligi, natijada, faloqatning oldi olinmay, ko'p qurbonlar bo'lishini bildiradi. Agar tushingizda botqoqlikdan ketayotganingizni ko'rsangiz, bilib qo'yingki, o'ngingizda shaxsiy muammolarni xal qilishda kutilmagan to'siqlarga duch kelasiz. Botqoqda cho'kayotganingiz tushingizda ko'rinsa, demak, o'ngda do'stlaringizning xiyonatkorligi va sotqinligi tufayli qattiq iztirob chekasiz.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 3122 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yog'och imorat yoki g'ula taxlami xokimiyat, beqarorlik, homiylik, hasadgo'ylik timsoli. Tushda yog'och imorat yoki g'ula taxlamini o'lchab ko'rayotgan bo'lsangiz - ungda o'z qaroringizning tug'riligiga shubxalanishingizni bildiradi. Agar tushingizda o'zingizni shoxona yog'och imoratda ko'rsangiz - qashshoqlik va notavonlikdan dalolatdir. Soxta do'stdan extiyot bo'ling. Boshida yog'och taxlamini ko'tarib turgan kishni tushda ko'rish - badavlat va e'tiborli kishining do'stligiga va homiyligiga ega bo'lishingizni bildiradi. Boshi bilan yog'och taxlamiga qulaganini tush ko'rish qora niyatli kishilarning fitnasi va hasad qilayotganligidan dalolat beradi. Baland joyda yotgan g'ula taxlami hokimiyatning ag'darilishini bildiradi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2869 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Vino alomati. Osuda hayot, xo'jalik, xotirjamlik, illat. Tushda boshqa oziq-ovqatlar bilan birga vino va uning yonida qurol yotganligini ko'rish - bu mamlakatda ajdodlar an'anasi - mexmondo'stlik ravnaq topib turarkan, tinchlik ham barqaror bo'lib turish alomatidir. Yaltiroq bokalda och pushtirang vinoni tush ko'rish - rasmiy xizmat xodimlari tomonidan ruxsat berilgan va hech kim shubxalanmasligi uchun tanish kishilar tomonidan uyushtirilgan yomonlik, aldov, zaharlab o'ldirishni bildiradi. Bunda, ayniqsa, o'ziga qarama-qarshi jinsdagi kishi bilan bo'ladigan "yoqimli" tanishuvdan extiyot bo'lish kerak. O'lkan toklarni va malla sochli baquvvat erkaklar tomonidan vino tayyorlanayotganligini tushda ko'rish - Germaniya bilan qon-qarindoshlik aloqasi borligini va ushbu tarixiy mamlakatga ketish imkoniyati mavjudligini, u yer da omad va eson-omonlik, moddiy serobgarchilik va mahalliy an'analarga rioya qilishlar ravnaq topishi kutayotganligidan dalolat beradi. Vino to'ldirilgan qadimiy katta ko'zalar tushga kirsa - tez orada sizning ongingiz va qalbingizni egallab oladigan masalani hal etishingizdan ko'ra muhimroq xislat haqida bosh qotirishingazga to'g'ri keladi, biroq, bu bor-yug'i o'tgan avlodlaringiz vakillari bilan aloqa o'rnatishingiz va shajarangiz haqida ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiradi. Vinodan zaharlangan kishni tushda ko'rish, bu sizga shu kishi omad olib kelishi alomatidir. 2001 yildan boshlab tasodifiy baxt serobgarchiligiga tayyor turing. Vino daryo bo'lib oqayotgani va undan yovvoyi hamda uy hayvonlari ichib daryo qirg'og'ida kuchsizlanib yiqilayotganliklari tushda ko'rinsa, bu yoz mavsumida tadbirkorlik uchun har zamonda keladigan eng qulay payt alomatidir, chunki turli toifadagi kishilar tinchliksevarlik kayfiyatida bo'ladilar va o'zaro kelishib qarorlarini qabul qiladilar. Agar tushingizda oltin idishda vino ichayotgan bo'lsangiz, o'ngingizda o'zingizning xom xayollaringizga berilib ketib, haqiqiy dunyodagi aloqalaringizni yo'qotasiz. Tushingizda vinoni kiyimingizga t'okib yuborsangiz - o'ngda sizning moddiy farovonligingazga bog'liq bo'ltan kishiga nisbatan munosabatlaringizda aks etadigan uylamagan qarorga kelasiz. Agar vinoga chukib ketayotgan bo'lsangaz, bu majbo'riy yolg'izlikni ayon etuvchi tushdir. Tushingizda sizni vino bilan siylashayotganini ko'rsangiz - sizga faqat ziyon kelishi belgisidir va sizga yomonlik solishuvchilarga muvaffaqiyatsizligingizdan xursand bo'lishlari uchun sabab bo'ladi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2402 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

Suv - hayot timsoli. Agar tushda katta shar ichida toza shaffof suv ko'rsangiz - bu tush qishloq xo'jaligi ishlariga ko'p foyda keltiradigan yaxshi ob-havo bo'lishidan darak beradi. Tushda suv ichayotib idishning tagidagi pashshaga ko'zingiz tushsa - bu o'ngda jamiyatning kayfiyatini, ertangi kunga ishonchini o'zgartirib yuboradigan sud jarayonini, sudlashishni yoki tuxmatni biddiradi. Suv ostida sayr qilish va delfinlar bilan suhbatlashish - bunday tush sizning ilgari millatga noma'lum bo'lgan yangi dunyoni ochishingizdan dalolat beradi. Kuchli mavjlanayotgan suvni tushda ko'rish - bu yangi kashfiyotlar va murakkab tajribalarni amalga oshirish uchun yangi ta'limot yoki fan, qulay davr vujudga kelganligining alomatidir. Qonli suvni tushda ko'rish Aqrab burji ostida ulug' inson bo'lib yetishadigan va o'zi haqida hammaga bildirib qo'yadigan kishi iyi o'lishidan dalolatdir.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 13808 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Bo'ri - shafqatsizlik, dovyuraklik, hayotga emas, o'limga ochiqdan-ochiq ko'rashish, erksevarlik va erkinlik timsoli. Agar bo'rini tulki bilan urishayotgani tushda ko'rinsa -bu uzoq, davom etadigan ochiq qarama-qarshilik alomatidir. Qora yungli bo'rini tushda ko'rish - bu o'zgaruvchan odamning kirdikori tufayli kupchilik tinch hayotining buzilishi va ularning bu balodan qutulish va yordam berishi uchun xudodan surashga majbur bo'lishlaridan dalolatdir. Qo'y terisidagi bo'rini tushda ko'rish - o'ngda xiyonatkor sherik tayyorlagan xufiyona qabixdik belgisidir. Bundan, ayniqsa, tovuq yilida extiyot bo'lish kerak bo'ladi. Odam qo'lidan ovqat olayotgan bo'ri - o'ngda minglab kishilarni uzoq vaqt qo'rquvda ushlab turtan manyak (savdoyi) ning qo'lga tushib hukm qilinishi va zararlansizlantirilishini bildiradi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 7060 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Agar ochlikdan ko'p odam o'layotganligini tushda ko'rsangiz - bu bema'ni alomat. ehtimol kelgusida kishilar uchun qaytarilmaydigan asoratlarga olib keluvchy xodisalar ro'y berishi mumkin. Agar tushingizda qattiq ochlikni xis qilsangaz - o'ngda sizning obro'yingiz qarama-qarshi jins va kishining sizga keraksiz e'tibori tufayli xavf-xatar ostida qoladi. Tushingizda yaqin kishilaringizdan biri ochlikdan o'layotgan bo'lsa, o'ngda voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishi alomatidir. Agar tushingizda sizni kimdir ochdan o'lishdan saqlab qolayotgan bo'lsa - o'ngda siz o'zingiz kutmagan odamdan kutilmagan yordam olasiz.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2271 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Maqbara - bu davrlar bog'lanshni timsoli. Maqbaraning yemirilishini to'xtatish va bartaraf qilish - hayotiy muhim ahamiyatga ega sirga o'zingizni baxsh etuvchi bo'lishingizdan dalolatdir. Qabrni qidirish - bu o'tmish bilan bog'liq ma'naviyat tarkib topishi, o'zgarish, haqiqatning yuzaga kelishini ayon etadi. Bino o'rnida maqbara paydo bo'lganligini tush ko'rish yashash joyini o'zgartirishdan, boshqa mamlakatga ko'chib o'tishdan, ajdodlari o'tgan vatanga qaytishdan darak beradi. Olov bilan qurshalgan maqbarani tush ko'rish, bu jin-alvastilar bilan to'xnashish, ko'z tegishlardan saqlanish, kishilar ustidan haddan tashqari hukm yurgazayotgan qora kuchlarni yakson qilishga harakat qilishini bildiradi. Maqbarani suv bosgan holda ko'rish - nasl va nasablarga bog'liq sirlarning ochilishini va barcha tafsilotlarni aniqlashga qaratilgan uzoq safar oddinda turganligidan dalolat beradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2415 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Balchiq - boylik, qizg'in faoliyat, voqealarga to'lalik, g'iybatlar alomatidir. Tushda o'tib bo'lmas balchiqni ko'rish - bu kishilarning boshi va jismi omadsizlikdan darmoni qurigan nomunosib bir paytda yog'ilib keladigan quyuq bulut, ogir davr va kasalliklar belgisidir. Agar tushga balchiq bosib yotgan shahar kirsa - bu nafaqat moddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, balki yo'lboshchilarning o'limi yoki ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lib qoladigan tabiiy ofatlar, quyun dovulni bildiradi. Balchiqda yotgan tilla tangani tushda ko'rish - o'ngda ko'pdan-ko'p avlodlar tomonidan topilgan moddiy boylikni sarflovchi va o'z boshqaruvida cheksiz shuhratparastlikni namoyish etuvchi nomunosib kishining sajda qilishi va xurmatidan dalolat beradi. Tushda o'ziga balchiq chaplayotgan kishini ko'rish - o'ngda kishilarni qiynaydigan kasallik belgisi bo'lib, unga dori-darmon yo'qligi uchun va kishilar tabiiy kuchlar yordamida davolanish uchun shaharlardan ketadilar. Likopchadan balchiq ag'darayotganlikni tushda ko'rish - boylik va umuman gullab-yashnash, betashvishlik va ta'minlanganlik davri boshlanganligidan dalolatdir. Agar tushda bolalar balchiqda o'ynayotganliklari ko'rinsa, bu shaharlarning o'zlaridan hayot shakllarini yo'qotishi natijasida odamlarning tabiatga yaqinlashishni xoxlab qolganliklari belgisidir. Qo'ldagi loyni yuvishga urinish - bu katta pul, boylik, ishdagi omaddan dalolatdir. Agar tushingizda loyni bosib olganingizni ko'rsangiz - o'ngda sizning zaifligingiz xar xil ovozalar va uydirmalarga sabab bo'ladi. Balchiqqa qulab tushish - sizning uylamay qilgan harakatingiz yaqinlaringiz bilan janjallashuv sababi bo'ladi. Libosni balchiq bilan bo'lganishi - tuxmat va ig'vodan dalolatdir. Poyafzalingiz loy bo'lganligini tushda ko'rsangiz dushmanlik va oraga sovuqlik tushshini bildiradi. Vazmin bo'ling, janjalga kirib qolishingizdan extiyot bo'ling. Balchiqda bo'lgangan kiyimni yuvish - sizning obru-e'tiboringiz xavf-xatar ostidaligini bildiradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 3869 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda bo'sh ko'cha bo'ylab borayotganlik - haqiqiy hayotda siz nimanidir jon-jaxdingiz bilan yashirayotganligingiz belgisi. Bu bexuda. Faqat qandaydir odamning ishingizga aralashuvigina sizga yordam beradi. Tushda yo'l ko'rish - kelgusida siz buyo'q kashfiyot qilib, ko'p kishilarning xurmatini qozonishingizni bildiradi. Agar sizning yordamchilaringiz ko'p ekanligi tushga kirsa, bunday tush uncha uzoq vaqt utmasdan noma'lum, juda boy yer ochilishini bildiradi. Birvarakay uchta parallel yo'lni tushda ko'rsangiz, bu sizning aybingiz bilan avtomobil to'qnashuvi sodir bo'lishining alomatidir. Ushbu tushdagi 3 raqamini turli yo'llar bilan izoxlash mumkin: 1) u to'qnashuv paytida jabrdiydalar sonini anglatishi mumkin; 2) to'qrashuvda 3 ta mashina bo'lgan bo'lishi mumkin; 3) avariya chorraxada sodir bo'ladi. Tushda egri-bugri yo'lni ko'rish - bu sizning kelgusi xayotingiz barqaror bo'lmasligidir. Ehtimol bunday tush siz yashayotgan davlat xokimiyatining tepasida tajribasiz kishi turganligini biddiradi. Bu rahbar asta-sekin davlatni qulab tushishiga olib keladi, chunki u iqtisodiyot va siyosatda mutloq hech narsaga aqli yetmaydi. Tushda chang-tuproqli ko'chadan borayotganlikni ko'rish - kelgusida sizning bema'ni odamlar ta'siriga tushib qolishingiz, ular sizni o'z mazhablariga kirishga undab urinishlaridan guvoxlik beradi. Agar sizga tuproqda ko'chada ko'p kishilarni ketayotgani tush ko'rinsa, bu tush kelgusida dunyoda yirik va juda e'tiborli mazhab paydo bo'lib, unga iloji boricha ko'p kishilarni aldab jalb etishlarini bildiradi. Tushda tor ko'chani ko'rish - yaxshi alomat. Siz turli yo'ldan, garchi u boshqa kishilarning yo'lidan farq qilsa ham ketayapsiz. Bunday tush sizning porloq, o'ziga xos shaxs, o'z xayotingizda katta muvaffaqiyatlarga erishishingizdan shohidlik beradi. Agar tosh to'shalgan ko'chadan ketayotganingiz tushga kirsa, bu sizning kelgusida qandaydir yomonlik qilib, bundan butun umringiz davomida pushaymon qilishingizning alomatidir. Siz, hatto bu gunohingiz uchun do'zaxga tushishingizga ishonch hosil qilasiz. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 7317 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda quyuq tugun ko'rish - katta vulqon otilishidan darak beradi. Ehtimol bu otilishdan vulqonga yakin aholi punktlari zarar ko'radi. Agar tushingizga qora tugun kirsa, demak, vaqti kelib kishilarning katta qismi nikotinga butunlay qaram bo'lib qoladi. Tamakiga qaramlik shunday darajaga yetadiki, zo'rlab davolashga talab paydo bo'ladi. Agar tushingizda tutun ko'zingizni qoplab olgan va nafas olishingiz qiyinlashib borayotganini ko'rsangiz, bu yomon alomat. Ehtimol kelgusida katta yong'in sodir bo'ladi. Bu yong'inning tutunidan ko'plab odamlar jabrlanadilar ular nafas ololmay qoladilar. Bir necha hafta mobaynida ko'chada shubhasiz yurishning iloji bo'lmay qoladi. Tushsa dud bilan chiqayotgan tutunni kuzatish ekologik halokatdan dalolat. Shunday payt keladiki, erga kulrang bulut tushib, odamlarga og'ir kasallik olib keladi. Tush ko'ruvchiga ham bu alomat jiddiy dardga yo'liqishini biddiradi. Agar siz tushingizda alanga bilan chiqayotgan tutunni ko'rsangiz, uncha uzoq, bo'lmagan vaqt ichida yerga qattiq qurg'oqchilik xavf soladi, oqibatda ko'plab yong'inlar sodir bo'ladi. Sizga bunday tush vaqtingizni eski do'stlaringizni do'stona kechasida ajoyib tarzda o'tkazishingizni biddiradi. Ketayotgan poezdan chiqayotgan tutunni tushda ko'rish - o'ngda ko'plab kishilar jabr ko'radigan juda katta temiryo'l halokatini bildiradi. Bunday tush ko'ruvchini noxush sayohat kutadi. Ehtimol, yo'lda siz bilan qandaydir baxtsiz xodisa ro'y berar: bunda poezd izdan chiqib ketadi yoki samolyot portlab ketadi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1731 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yakkashox - tozalik, donolik, poklanish, o'lim timsoli. Agar tushingizda yakkashoxni tutmoqchi bo'lib harakat qilayotgan bo'lsangiz, o'ngda sizning kuch-quvvatingiz yomonlikka qarama-qarshi qo'yilgan bo'ladi. Siz yakka shoxni ushlashga muvaffaq bo'lib, qo'lga o'rgatganingiz tushingizga kirsa, bu sizga yaqin kishining qalbi pok va dono ekanligini ayon etadi. Darg'azab bo'lgan yakkash shoxni tushda ko'rish - o'ngda uyatli qilmish ro'y berishidan dalolat. Yakka shoxni ta'qib qilayotgan kishini tushda ko'rish - bu kishining o'lim bilan mashu berkinmachoq uynashidan shohidlik beradi. Agar tushingizda oltin yakkashoxni ko'rsangiz - ma'naviy va jismoniy poklanish, mustahkam sog'lik timsolidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1766 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Temir - urush, qarama-qarshilik, dushmanlik, hokimiyat belgisidir. Boshi temirga mustahkamlangan kishini tushga kirishi - mamlakatda xokimiyatga intilayotgan mayda guruxlar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar boshlanishining belgisi. Qo'llarida xar xil temir qurollar bo'lgan bolalar tushingizda ko'rinsa - bu qullik, o'zga yurtlar tomonidan mamlakatni bosib olinishidan dalolat beradi. Temir zirxli xasharotni majaqlashga urinish - e'tiborga ega pastkash kishining o'z niyatlarini amalga oshira borishini, chunki u kundan-kunga o'z mavqeini yanada kuchliroq mustahkamlab borishini bildiradi. Agar tushda oltindan ko'ra temir qimmat baholanayotganligi ko'rinsa, bu tush avgust oyida vaqtincha tuzilgan sulxning aprel oyida barbod bo'lishini bildiradi va qurollarni shaylash kerak bo'ladi, chunki urushga tuda tayyorgarlikgina xar bir raqibning bosqin qilish niyatini tuxtatib turishi mumkin.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1977 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Sexrli hassa har kishining qat'iyat bilan harakat qilishi lozimligini va unga haqiqatning ochilishini bildiradi. Hassani ko'lda ushlab turish - falsafiy fikrlashi va dunyoqarashni bildiradi. Agar tushingizda sizni kimdir hassa bilan urayotgan bo'lsa - demak, xayotingizda bir kishi paydo bo'lib, sizning butun xayotingizni o'zgartirib yuboradi. Singan hassa hayotdan butkul ko'ngil sovishini bildiradi. Tushingizda o'zingizni tepalikda hassa bilan o'tirganingizni ko'rsangiz - hokimiyatga maxfiy intilishingizni bildiradi. Agar tushingizga hassa va g'ula taxlami kirsa, bu cheksiz Hokimiyatga ega bo'lishingizni bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1353 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Agar tushingizda marvarid taqinchoq ko'rsangiz - bunday tush yer yuzasida g'ayritabiiy manzara paydo bo'lishini, bunday manzaraning guvoxi bo'lganlarning odatiy turmushi butunlay o'zgarib ketishini ayon etadi. Tushida taqinchoqni ochib, uning ichida marvaridni ko'rish - bunday tush ko'plab kishilarning ruxiy xolatini jiddiy larzaga keltiruvchi kutilmagan voqealardan xabar beradi. Qirra marvarid tushga kirsa - bu qurqinchli alomat, qora kuchlar kelishi xavfi bor. Eng qurqinchlisi, odamlar gipnoz ta'sirida yoki jodu vositasida xech narsadan shubxalanmay yovuzlikka odob bilan xizmat qiladilar. Agar tushingizda noyob marvarid xarid qilsangiz - bu sizda o'lkan imkoniyatlar mavjudligini, kutilmagan paytda, to'satdan bo'ladigan o'zgarishlar ta'sirida namoyon bo'lishini bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2049 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Qulf - qat'iyatsizlik, odamovilik, to'siqlar, qarshilik alomati. Agar tushingizda siz eshikni qulflayotgan bo'lsangiz, bu ruxan bexafsalaligingizni va muammolarni xal etishdan chekinishingizni bildiradi. Buzuq qulfni tush ko'rish - do'stlaringizdan birining xiyonat qilishidan dalolat. Tushda teshiksiz qulfni ko'rish - sizning o'zingizga haddan tashqari ishonishingizni, shuning uchun yaqin vaqt ichida muammolarni tezlikda xal etishga majbur bo'lmasligingizni bildiradi. Agar tushingizda boshqacha shakldagi qulfni ko'rsangiz - siz qiziq voqealarning shohidi bo'lasiz. Qulab yotgan qulfni tushda ko'rish - demak, o'ngda siz qandaydir sirni yoki bashoratni ochishingiz mumkin. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2376 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yulduzlar olis istak, oliy bilimning belgisidir. Tushda uchayotgan yulduzni kuzatayotgan bo'lsangiz, bu baxtli hayotdan, barcha ezgu istaklaringizning, hatto o'zingiz ishonmagan xoxishlaringizning ro'yobga oshishidan bashorat qiladi. Agar uchayotgan yulduzlar ko'p bo'lsa, bunday tush kelgusida yer yuzasida kuchli do'l yog'ib, barcha qishloq xo'jaligi ekinlarini yakson qilishidan darak beradi. Yerdaga insoniyat yil bo'yi ocharchilik kechiradi. Tushda alvon yulduzlarni ko'rish - kelajakda Rossiyada xokimiyat tepasiga bir g'ayratli inson kelib, davlatni vayronalikdan ko'tarib, dunyodagi eng qudratli davlatga aylantirishni bildiradi. Alvon yulduzlar Kreml yulduzlarini bildiradi. Agar tushda ko'plab mitti yulduzlarni ko'rsangiz, kelajakda siz AKDIdan qandaydir ma'lumot olasiz. Ehtimol, bunday tush AKDIda ro'y beradigan voqea butun dunyoni larzaga keltirishi alomatidir. Agar siz tushingizda yulduzlar tomon uchayotgan bo'lsangiz, siz kelajakda boshqa sayyoraga boruvchi kosmik ekspedisiyaning ishtirokchisi bo'lasiz. Ehtimol, bu tush boshqa sayyorada hayot nishonasi mavjudligidan bashorat beradi. Tushingizda yorug' kun o'rtasida ko'ringan yulduzlarni ko'rsangiz - bu kelajakda xokimiyatga munosib kishilarning kelishi va ular tomonidan barcha davlatlar o'rtasida doimo tinchlik o'rnatilishiga erishilishidan dalolatdir. Barcha xalqlar totuvlikda yashaydilar. Tush ko'ruvchiga bunday tush obru-e'tiborli kishilar bilan tanishishini bildiradi. Agar sizga barcha yulduzlarning osmondan g'oyib bo'lishi tush ko'rinsa, bu qachonlardir koinotda jiddiy halokat yuz berishidan shohidlik beradi. Bunga yemirilib borayotgan Faeton sayyorasi sababchi bo'ladi. Uning parchalari ko'plab sayyoralarga aniq xavf soladi. Tushda suvdagi yulduzlar shu'lasini kuzatish - buyo'q kashfiyotni ayon etadi. Odamga uxshash tirik mavjudotlar yashaydigan noma'lum sayyora topiladi. Tush ko'ruvchiga bunday tush u shug'ullanayotgan soxada buyo'q kashfiyot yuzaga kelishini anglatadi. Tushda juda yorqin yulduzni ko'rish - quyosh yanglig' yulduzning topilishidan shoxidlik beradi. Aynan shu yulduz uzoq kelajakda yer kurrasini yoritadi. Agar tushingizda yulduzdan chiqayotgan sovuqlikni xis etsangiz - bu doimiy qish alomatidir. To'grirogi, shunday payt keladiki, yer yuzini bir necha ming yillar davomida muz qoplaydi. Osmonda yakkayu yagona, ammo juda yorqin yulduz tushingizga kirsa - bu o'n yildan so'ng sizning taqdiringiz boshqalarning ichidan ajralib chiqishini va yangi kashf qilingan sayyora kabi ahamiyat kasb etishini ayon etadi. Agar yulduzning qattiq uchayotgani tushingizda ko'rinsa - uylangan loyihaning juda kup yillardan so'ng ro'yobga oshishidan dalolatdir. Tushda yulduzlar uchayotgan joyda paydo bo'lish juda ko'pchilik to'satdan duchor bo'ladigan halokatdan dalolatdir. Tushda yangi yulduzni kashf etish – o'n marta oy to'lgandan keyin sizga' qattiq ta'sir ko'rsatadigan qandaydir xatar yuz berishini bildiradi. Yulduzli xaritalarni o'rganib, unga sayohat yo'nalishlarini belgilayotganlik tushga kirsa - bunday tush ekologik tanglik ko'chayishidan va alohida xavfli xududlardan kuchish ko'payishidan darak beradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2058 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Kuzgu - ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir. Tushda o'zingizni tasviringizni oynada ko'rsangiz - bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo'ysangiz o'ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarni boshsan kechirasiz. Tushingizda kuzgu tasvirida maxluqni ko'rsangiz, bu sizning va'dalaringiz munofiqligi va o'zingiz ma'naviy jihatdan tuban ekanligingizni ko'rsatadi. Sirti xira katta kuzgu tushga kirsa, bu fitna va tuxmat qurboni bo'lish alomatidir. Kuzguda o'z tasvirini ko'rmayotganlik - yomon alomat. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko'rish - qurquv, shubha, o'z holicha qaror qabul qilaolmaslikni bildiradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2541 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

1 2 3 4 »
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz