14 nafar pensionerni o‘ldirgan rossiyalik 19 yilga qamaldi

Rossiyaning Rostov viloyatida 14 kishining o‘limida aybdor sanalgan pskovlik Denis Kalinin ustidan sud hukmi o‘qildi. Unga 19 yillik qamoq jazosi tayinlandi, deb yozadi 14-mart kuni RF Tergov qo‘mitasi sayti. Kalinin jazoni qattiq rejimli koloniyada o‘taydi va ozodlikka chiqqanidan keyin ham ikki yil davomida uning erkinligi cheklab qo‘yiladi.

Bu shaxs 2005-yilda bosqinchilik yo‘li bilan hujumlar qilib, bir qator qotilliklarni amalga oshirgan. Kalinin ko‘pincha maishiy texnika sotuvchisi qiyofasida Rostov va Pskov viloyatlaridagi yolg‘iz yashovchi keksalarning xonadonlariga kirib yurgan. Uylarni kuzatib, qariyalarning ahvoliga qarab, u o‘ziga o‘lja tanlagan. Ayrim uylarga tunda biror bahona bilan qaytib borib, xonadon sohibini o‘ldirgan va qimmatbaho buyumlarini olib ketgan.

Jumladan, Kalinin 2005-yilning oktabr oyida Rostov viloyatining Zimovniki shahrida yashovchi 79 yoshli kampirni urib-tepib o‘ldirgan va unga tegishli 3,5 ming rublni olib ketgan. Shu yil noyabrda esa ayni shahardagi 78 yashar cholni ham shu usulda o‘ldirib, ikki ming rubl pulini cho‘ntagiga urgan.

Qotilliklar zanjirini tahlil qilgan tergovchilar 2012-yilga kelib aniqlashdiki, turli vaqtlarda amalga oshirilgan 14 ta jinoyat kunning deyarli bir xil mahaliga to‘g‘ri kelgan va qotillik usullari ham o‘zaro o‘xshash bo‘lgan. Bu jinoyat ishlarining barchasini jamlab, tez orada gumondorni aniqlashgan. Bu paytda Denis Kalinin boshqa bir bosqinchilik jinoyati uchun qamoq jazosini o‘tab chiqqan edi. 2013-yilda unga nisbatan yana ayblov e’lon qilindi va jinoyatchi sud qilinib, 19 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: pensioner, qamaldi, rossiyalik
Просмотров: 1275 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:22
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz