Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi

Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi

Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi raisi Imron Xon uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi. Islomobod sudi Xonni Toshaxon davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq firibgarlik ishida “korrupsion harakatlar” qilganlikda aybdor deb topgan. Aytish joizki, joriy yilning 10 may kuni sobiq bosh vazirga nisbatan Pokiston Saylov komissiyasi jinoiy ish qo‘zg‘atganidan so‘ng ayblov e’lon qilingan. Bugun, 5 avgust kuni sudya Humoyun Dilavar birinchi instansiya sudida bu ish bo‘yicha sobiq bosh vazirga qo‘yilgan ayblar o‘z isbotini topdi, degan qarorga kelgan. Xon korrupsiyada aybdor deb topilgan. Shuningdek, sud uni 100 ming rupiy (1200 dollar) miqdorida jarima to‘lashga majbur qilgan. Sobiq bosh vazirning advokati politsiya Xonni uning Lahor shahridagi qarorgohida hibsga olganini ma’lum qilgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: sobiq, vaziri, qamaldi, bosh, Pokistonning
Просмотров: 231 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:06
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz