Anjelina Joli Enagani Rashk sabab ishdan bo‘shatdi


Gollivud aktyorlari 52 yoshli Bred Pitt va 40 yoshli Anjelina Joli o‘rtasidagi ziddiyatlarning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘lmoqda. Bu haqda “Woman.ru” nashri xabar bermoqda. 
Yangi mish-mishlarga ko‘ra, Bred rafiqasining tanbehlaridan,uning tushkun kayfiyati va janjal ko‘taraverishidan bezor bo‘lgan. Joliga rashk tinchlik bermaydi, shuning uchun u Bredni muttasil xiyonat qilganlikda ayblaydi va mojarolar keltirib chiqaradi.
Yaqindagina Anjelina farzandalariga qaraydigan enagalardan birini bo‘shatib yuborgan. Joli uni eri Bred Pitt bilan yaqin munosabatda bo‘lganlikda ayblagan.  
Aytishlaricha, Joli boshida enaga va Bred o‘rtasidagi yaqinlikka ahamiyat bermagan.  Biroq ularning oshxonada suhbatlashib turgani ustidan chiqib qolganidan so‘ng, ortiq bunga bardosh bera olmagan.
Bred endigina dush qabul qilib bo‘lgan va uning ustida sochiqdan boshqa narsa yo‘q edi. U muzlatgichni ochib o‘ziga sharbat quyib ichgan va enaga bilan suhbatlashayotgan paytda Anjelina kelib qolgan. 
Aktrisa ayb kimda ekanligiga oydinlik kiritib o‘tirmadi. Enagani shu zahotiyoq ishdan bo‘shatdi.
“Enji(Anjelina) farzandlari bilan shug‘ullanadigan enagalardan minnatdor edi. Bu oilada ishlashni istovchilar ko‘p edi. Biroq aktrisa shaxsan o‘zi enagalikka nomzodlarni tnalab olgan edi. Enji har kim o‘z o‘rnini bilishi kerak degan fikrda”,—dedi oilaning yaqinlaridan biri.
 Ma’lumot uchun, Anjelina Joli va Bred Pitt 2014 yilda rasman nikohdan o‘tishgan.  Er-xotinning umumiy daromadi hozirgi kunda 480 million AQSh dollarini tashkil etmoqda. Agar mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topib, ular rostan ham ajrashishsa, bu ajrim ularga qimmatga tushadi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Anjelina Joli
Просмотров: 1309 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz