Anjelina Joli Selin Dionni gavdalantiradi


Selin Dion haqida suratga olinadigan filmda bosh qahramon rolini Anjelina Jolining o‘zi ijro etadi.
Anjelina Joli Selin Dion va Rene Anjelelning hayoti, muhabbati va ijodiga bag‘ishlangan filmni suratga olish loyihasi bilan band, tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborilgan. 
Joli ba’zi bir mayda detallarni muhokama qilish uchun Selin Dion bilan uchrashishni rejalashtirgan. Biroq joriy yilning 14 yanvar kuni Selin Dionning turmush o‘rtog‘i Rene Anjelel 74 yoshida uzoq davom etgan tomoq saratoni kasalligidan vafot etgan, oradan bir kun o‘tib, ukasi Daniel ham aynan saraton kasalligidan olamdan o‘tganligi tufayli hozircha Anjelina Selin Dionni bezovta qilgisi yo‘q. 
Selin Deon va Rene Anjelel o‘rtasidagi rishta zamonaviy shou-biznes hayotida eng shov-shuvli va mustahkam nikohlardan biri deb tan olingan edi. 
Rene ilk marotaba Selinning qo‘shiqlarini 1980 yilda u 12 yoshidaligida eshitgan. Uning ovozidan hayratlangan 40 yoshli Anjelel 5 yildan keyin o‘smir qizni yulduzga aylantiradi. 
Shu yili u xotinidan ajrashadi, uch yildan keyin esa “Evrovidenie” tanlovida g‘olib bo‘lgan Selinni tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘pib, tabriklaydi. Yangi loyiha uchun manba izlayotgan Anjelina Jolini bu muhabbat tarixi juda qiziqtirib qoldi. Joli hozirda Selin Dion og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganligi sababli, uni bezovta qilishni lozim topmadi, ammo uning hayotini kinoga ko‘chirish niyati borligini qo‘shiqchiga yetkazdi.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Selin Dion, Anjelina Joli, gavdalantiradi
Просмотров: 1451 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz