Anjelina Joli eng ko‘p yoritilgan chet ellik yulduzlar reytingida yetakchilik qildi


2015-yilda Rossiya OAVlarida eng ko‘p yoritilgan chet ellik yulduzlar ro‘yxatida amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli yetakchilik qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.

Birinchi uchlikdan, shuningdek, amerikalik qo‘shiqchi Madonna va fransuz aktyori Jerar Depardye ham joy oldi.

Yangiliklarni kompleks tahlil qilish tizimi reytingiga ko‘ra, Anjelina Joli haqida 15 859 marta qayd kiritilgan. Ikkinchi o‘rinni egallagan qo‘shiqchi Madonna haqida 15 646, uchinchi o‘rindagi aktyor Jerar Depardye haqida esa 13 164 marta ma’lumot berilgan.

To‘rtinchi o‘rinni qo‘shiqchi Ledi Gaga (11 799), beshinchi o‘rinni esa aktyor Jonni Depp (10 551) egalladi.Reytingdan, shuningdek, Arnold Shvarsenegger (7856), musiqachi Pol Makkartni (7237), musiqachi Elton Jon (6889), Maykl Jekson (6839) va aktrisa Mayli Sayrus (6553) ham joy oldi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Anjelina Joli
Просмотров: 1328 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz