Braziliya sudi Neymarning samolyoti va yaxtasini xatlamoqchi


Barselona” hujumchisi Neymarning Braziliya sudi bilan bog‘liq muammolari davom etmoqda, deb yozadi “Chempionat”. Sud futbolchining 4 million yevrolik samolyoti va 3,5 million yevrolik yaxtasini xatlamoqchi.

Avvalroq sud Neymarning apellyatsiyasini rad etgan edi, hozirda o‘yinchining jami qiymati 43 million yevrolik mulki xatga olingan. Sud Neymarning mulklari ro‘yxatini yettita munisipalitetga va Fuqarolik aviatsiyasi milliy agentligiga uning yaqin orada futbolchi tomonidan foydalanishiga to‘siqlik qilish uchun jo‘natdi.

Braziliya sudi 2011—2013-yillarda Neymar tomonidan 14 million yevrolik soliqlar to‘lanmagani haqidagi ishni tekshirmoqda.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: neymar
Просмотров: 1466 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz