Neymar: “Oltin to‘p”ni Ronaldu olsa, futbolni butunlay tashlayman


Kuni kecha FIFA tashkiloti yilning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlarning yakuniy uch nafarini e'lon  qildi “Oltin to‘p-2015” uchun “Barselona”ning ikki nafar a’zosi Lionel Messi va Neymar bilan birgalikda “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu kurash olib boradi, deb xabar qiladi “Sports.uz”.Mazkur sovringa asosiy nomzodlar aniqlanganidan so‘ng, Neymar “Oltin to‘p” uchun Messi favorit ekanligini va Ronaldu hech qanday imkoniyatlarga ega emasligini aytib o‘tdi.

- “Oltin to‘p” mukofotiga nomzod bo‘lish men uchun katta sharaf. Luis Suares ham kuchli uchlikda bo‘lishi kerak edi, — dedi Neymar. — Shubhasiz, Messi ushbu sovringa favorit. Agar “Oltin to‘p”ni Ronaldu olsa, men futbol bilan butunlay xayrlashaman.Oldinroq Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri “Oltin to‘p” Messiga nasib etishi haqida xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning eng yaxshi futbolchisi 2016-yil 11-yanvar kuni e’lon qilinadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: ronaldu, olsa, neymar, futbolni butunlay tashlayman, Oltin to‘p”ni
Просмотров: 3342 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz