Buxoroda universitet talabasi o‘g‘irlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

Buxoroda universitet talabasi o‘g‘irlikda ayblanmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

2022-yil 2-noyabr kunidan 16 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, Gʻijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida bo‘lgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12 000 000 so‘mlik 1 dona erkaklar kumush uzugi, 1 dona ayollar tilla uzugi, 1 dona ayollar tilla to‘g‘nog‘ichi, 1 dona tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gʻijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004-tug‘ilgan Buxoro davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: qo‘lga, Buxoroda, olindi, talabasi, o‘g‘irlikda, universitet, gumonlanib
Просмотров: 148 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:40
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz