Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir guruh shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, dastlab Toshkentning Chilonzor tumanida oldindan kuzatuvga olingan 2 nafar fuqaro — J.S. hamda A.K. 300 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotganida to‘xtatib qolingan.

Shundan so‘ng A.K.ning vaqtincha yashab kelayotgan xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, fuqaro I.J. tomonidan ulgurji sotish uchun qadoqlab qo‘yilgan 496 dona “Tropikamid” va 19 dona “Zardeks Gabapentin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi noqonuniy ravishda saqlanayotganligi fosh qilingan. I.J.ga tegishli Lacetti ko‘zdan kechirilganida, mazkur avtomashina salonida 1 dona qalbaki 100 dollar kupyurasi borligi aniqlangan.

Tadbir davomida jinoiy guruh rahbari — fuqaro X.S.ning jinoiy faoliyatiga ham chek qo‘yilgan. U haydab ketayotgan Captiva to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, mashina salonida 29 dona “Selofen Zaleplon” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan.

Shundan so‘ng ushbu shaxs yashab kelayotgan Chilonzor tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganida, 520 dona “Selofen Zaleplon”, 219 dona “Regapen Pregabalin” va 2 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu bilan birga, fuqaro X.S.ning Chilonzor tumanida joylashgan dorixonasi ham tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘zdan kechirilganida, dorixonada sotuvchi Yu.O. tomonidan 139 dona “Zardeks Gabapentin”, 337 dona “Karbamazepin” va 8 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi sotuvga chiqarilgani aniqlangan.

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirda dastlabki qiymati 200 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 5 turdagi 2069 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan.

Hozirda bojxona organlari tomonidan ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborilgan.

Avvalroq Toshkentda qariyb 100 million so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani, Jizzaxda bojxonachilar tomonidan to‘xtatilgan Epica’dan gashish, Samarqandda avtomobil shinasi ichidan opiy topilgani, Farg‘onada uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda Andijonda giyohvand moddalarni oyoq kiyimga yashirib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: olindi, shug‘ullangan, qiluvchi, kuchli, ta’sir, jinoiy, bilan, guruh, qo‘lga, savdo, dori, toshkent, vosita
Просмотров: 832 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz